Mikrodavlat San-Marino nima hisobidan kun ko‘radi?

Mikrodavlat San-Marino nima hisobidan kun ko‘radi?

San-Marino — Janubiy Yevropada joylashgan davlat. U Italiya bilan o‘rab olingan va dunyodagi eng kichik davlatlardan biri ekani bilan mashhur. Poytaxti ham mamlakati kabi bir xil nomda. Rasmiy til deb italyan tili tan olingan. 2018 yil holatiga ko‘ra, aholi soni 33 344 kishini tashkil etgan.

San-Marinoning iqtisodiy siyosati Yevropa Ittifoqining siyosatiga o‘xshash. Biroq davlat YeIning a’zosi emas. 2017 yilda YaIM 2 milliard dollarga yaqin ko‘rsatkichni tashkil etgan. Qayta ishlash va qazilma xom-ashyolarni qazib olish sanoati, turizm va bank sohasi iqtisodiyotning asosiy sohalari hisoblanadi. 2018 yilda mamlakatdagi ishsizlik ko‘rsatkichi 8,2 foizni qayd etgan.

Sanoat

Iqtisodiyotning ahamiyatli ulushini qayta ishlash sanoati egallagan. Keramik plita, qurilish materiallari, vino, spirtli ichimliklar, kiyim-kechak, mebel, mato, bo‘yoq va elektronika ishlab chiqarish katta qismni tashkil etuvchi yo‘nalishlar hisoblanadi. Asosan spirtli ichimliklar, vino va bo‘yoqlar eksport qilinadi. Bundan tashqari, mamlakat hududida ohaktosh va tosh faollik bilan qazib olinadi. Ohaktosh koni San-Marino asoschisi, Avliyo Marindan davlatga o‘tgan.

Xizmat ko‘rsatish sohasi

Xizmat ko‘rsatish sohasini turizm va bank sohasi tashkil etadi. Mamlakatdagi turizm sanoati yuqori darajada joylashgan. Har yili San-Marinoga 3,5 mln sayyoh tashrif buyuradi, bu esa o‘rtacha 860 million dollar keltiradi. Harakatlanish vositalari, restoran va transportdan tashqari tarixiy tanga va markalar savdosi ham daromad keltiradi.

San-Marinoga «Osuda Respublika» nom berishgan, chunki u o‘z mehmonlariga tinch, sokin, hamda g‘aroyib muhitdan bahra olish imkonini beradi. Asosiy obidalari: San-Marino uch minorasi, Monte-Titano, San-Marino bazilikasi, Milliy muzey, Nodir buyumlar muzeyi, Mumdan ishlangan haykallar muzey, monastir va San-Fransisko badiiy galereyasi.

Bank sohasi italyan bank tizimi, shuningdek, davlat tushumlarining katta manbasi sanaladi. Sektorning o‘sishi va rivojlanishi kompaniyalarga taqdim etiladigan soliq imtiyozlari va imtiyozli foiz stavkalariga asoslanadi. Biroq qarzdorlarda qarz miqdorining o‘sishi asosiy muammolardan biri hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligi

2011 yilda qishloq xo‘jaligi uchun foydalaniladigan yer miqdori jami maydonning 16,7 foizini tashkil etgan, bu 61,2 kvadrat kilometr deganidir. Fermerlar meva va boshoqli mahsulotlarni yetishtirish bilan shug‘ullanadilar. Bundan tashqari, chorvachilik ham rivojlangan. Ko‘p fermerlar cho‘chqa, qo‘y, ot va yirik shoxli qora molni boqish bilan shug‘ullanadilar. Ushbu faoliyatdan ular asosan mol go‘shti, teri va pishloq olishadi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social