Milliarder Uorren Baffett yanvar oyida yanada boyib ketdi. Mana, uning eng sara tavsiyalari

Milliarder Uorren Baffett yanvar oyida yanada boyib ketdi. Mana, uning eng sara tavsiyalari

Forbes ro‘yxatidagi dunyoning eng boy 10 kishisi orasidan birgina Uorren Baffett boyligi 2022-yilning yanvar oyida kamayish o‘rniga yanada oshdi.

Bundan tashqari, Baffett 10 talik ichidagi shaxsiy biznesi orqali boyigan milliarder emas, balki sarmoya kiritish orqali milliarderga aylangan yagona shaxsdir.

Maqolada uning qanday strategiyalardan foydalanishi va o‘z mijozlariga inflyatsiya va beqaror bozor sharoitida qanday yo‘l tutish haqidagi tavsiyalari bilan bo‘lishamiz.

Sabr haqida 

  • Fond bozori – pullarni sabrsiz odamlardan sabrlilarga yetkazish vositasi. Bizga faolligimiz uchun emas, balki haq bo‘lganimiz uchun pul to‘lashadi. Mukammal menejmentga ega yirik kompaniyalardan ulush sotib olganimizda, sarmoya kiritish muddati – biz uchun “abadiy”ga aylanadi. Sizning investor sifatidagi maqsadingiz daromadi, ehtimol, besh, o‘n va yigirma yildan keyin ham o‘sishda davom etadigan, sizga yaxshi tanish bo‘lgan biznesga katta mablag‘ tikishdan iborat. Vaqt o‘tishi bilan bunday standartlarga kamdan kam kompaniyalar to‘g‘ri kelishini anglab yetasiz, shu tufayli bunday kompaniyani uchratishingiz bilan uning katta ulushini sotib oling. Bundan tashqari, o‘z shaxsiy prinsiplaringiz bilan kurashishingizga ham to‘g‘ri keladi. Agarda ushbu aksiyalarga 10 yil mobaynida egalik qilishni istamasangiz, uni 10 daqiqa ichida sotib olish haqida hatto o‘ylab ham o‘tirmang.
  • Shaxsan men uchun eng muhimi vaqt qadrini anglab yetish bo‘lgan. Vaqt – buyuk kompaniyalarning do‘sti. O‘rtamiyona kompaniyalar uchun esa bu – dushman.
  • Men fond bozoridan foyda ko‘rishga hech qachon urinmaganman. Men bozor ertasi kuni yopilib, yaqin besh yil ichida ochilmaydi degan fikrda xarid qilaman.

Inflyatsiya haqida

  • Inflyatsiya ulkan korporativ qurt kabi harakatlanadi. U har qanday holatdan qat’i nazar, kunlik sarmoya mablag‘lari ratsionini yutib yuborishga odatlangan. Kompaniya daromadi qancha bo‘lmasin, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarga mos bo‘lish uchun u o‘z qarzdorligi to‘lovlariga ko‘proq tovar zaxirasi va asosiy mablag‘larni sarflashga majbur.
  • Inflyatsiya davridagi eng maqbul tanlov – siz bir marta sotib olgan va boshqa sarmoya talab etmaydigan biznes. Yirik sarmoyalarga muhtoj biznesdan nafaqat inflyatsiya davrida, balki har qanday boshqa vaqtda ham voz kechish kerak.
  • Inflyatsiya davrida, ayniqsa, ko‘chmas mulkka egalik qilish eng yaxshi tanlov, sababi sarmoyador unga bir marotaba pul tikadi va uni istagan paytida qayta sota oladi. Agarda siz boshqalarga foyda keltiradigan biron nimaga ega bo‘lsangiz, uning bahosiga odatda almashtirish yoki qayta sotish bahosi kiritilgan bo‘ladi. Shunday ekan, siz g‘olibsiz.
  • Kompaniyani baholashdagi eng muhim omil uning o‘z bahosini oshira olish imkoniyatidir. Agarda sizda narxlarni oshirish va shu bilan bir qatorda, raqobatdoshlarni orta qoldirish imkoniyati mavjud bo‘lsa, demakki, siz yaxshi biznes egasisiz.
  • Inflyatsiya davrida mustahkam tura oladigan kompaniyalar ikkita xususiyatga ega bo‘ladi: 1) daromadi yoki bozordagi ulushini yo‘qolmasligidan xavfsiramay, narxlarni oson ko‘tara olish imkoniyati; 2) qo‘shimcha yirik sarmoyalarga murojaat qilmagan holda, dollar kursining ko‘tarilib borishiga ko‘nika olish (biznesning o‘sishi emas, balki inflyatsiya hisobiga) imkoniyati.

Diversifikatsiya haqida

  • Diversifikatsiya – bilimsizlikdan himoya. Agarda siz nima qilayotganingizni yaxshi bilsangiz, undan deyarli foyda yo‘q.
  • Ko‘plab yirik tadbirkorlar daromadi yagona buyuk biznes orqali erishilgan. O‘z biznesingiz haqida chuqur bilimga ega bo‘lsangiz, biznesning ko‘p turi bilan shug‘ullanishingizga hojat qolmaydi.
  • Diversifikatsiya boylikni saqlab qolishi mumkin, ammo uning tarkibi uni tuzishga xizmat qiladi.
  • Agarda siz biror-bir nimani biladigan, biznes iqtisodi bo‘yicha chuqur tushunchaga ega va uzoq muddat raqobatbardosh ustunlikka ega bo‘lgan beshtadan o‘ntagacha kompaniyani topa oladigan investor bo‘lsangiz, siz uchun oddiy diversifikatsiyaning keragi yo‘q. U sizning natijalaringizga zarar yetkazishi va xavfni oshirishi mumkin.
  • Barcha tuxumlarni bir savatda, ammo doimiy e’tiborda saqlang.

O‘zgaruvchanlik va trendlar haqida 

  • Bozorlar aql-idrokka asoslangan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan u yerda xayolingizga kelmaydigan vaziyatlar bo‘lib turadi. Bunday vaziyatlardan foydalanib qolish uchun o‘tkir zehn, iqtisodiy bilim yoki Uoll Strit jargonlarini bilish shart emas. Buning o‘rniga oddiy va fundamental narsalarga e’tibor berib, qo‘rquvlarni va olomon ishtiyoqini birdek inkor qila olishning o‘zi yetarli. Bundan tashqari, uzoq vaqt davomida hech qanday tasavvursiz yoki ahmoq bo‘lib ko‘rina olishga tayyor turish ham juda muhim. Haqiqiy sarmoyador o‘zgaruvchanlikdan zavqlanadi. Bozordagi aqlbovar qilmas beqarorlik ma’lum vaqt o‘tgach, barqaror kompaniyalar uchun irratsional past narxlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
  • O‘zgalar ziqnalik ustida ishlayotganlarida, siz o‘z qo‘rquvlaringizni boshqarishingiz, boshqalar qo‘rquvlarni boshqarayotgan paytda esa siz ziqnalikni nazorat qilishingiz kerak.
  • Bozorni yaqindan kuzatmang. Agarda siz har safar qimmatli qog‘ozlar narxi bir oz tushgan paytda ularni sotishga urinib, bu haqda o‘ylab xavotirga tushsangiz, yetarli darajada yaxshi natijaga erisha olmaysiz.
  • Bozor o‘zgaruvchanligiga dushman kabi emas, balki do‘st kabi munosabat bildiring. Ahmoqona holat ishtirokchisiga aylanish o‘rniga, undan foyda olishni o‘rganing. “Sarmoyadorlar bozor narxlari pasayishi oqibatida zarar ko‘rdilar” qabilidagi xabarlarni o‘qiganingizda tabassum qiling… Odamlar har bir sotuvchining o‘z xaridori borligini, kimdir uni qo‘ldan boy bersa, boshqasi undan foyda ko‘rishini unutib qo‘yishadi. Pasayayotgan bozorlardagi sarmoyadorlarga maslahatim – shunchaki sevimli videoroligingizni tomosha qiling, farzandlaringiz bilan ovqatlaning, anchadan beri suhbatlashmagan do‘stingiz bilan uchrashing. Sarmoyalaringiz uzoq muddatli maqsadlaringizga mos kelsa, investitsiya portfelingizga aslo tegmang. O‘zingizni chuqurga tushib qolgandek his qilsangiz, eng asosiysi – yer kovlashni bas qiling.

Tanlay olish haqida

  • Aksiyalar hammaning qiziqishi markazida bo‘lsagina ko‘pchilik unga qiziqish bildirishni boshlaydi. Aslini olganda, hech kim e’tiborga olmagan paytda qiziqishni boshlash kerak. Ko‘pchilik tomondan foydalanilayotgan narsalar orqali boyib ketishning iloji yo‘q. O‘rtamiyona bozor ustidan 100 foiz boshqarish o‘rniga, biz muvaffaqiyatli kompaniyalarning ma’lum qismiga ega bo‘lishni afzal bilamiz. Bir uyum toshlarga egalik qilgandan ko‘ra, brilliantning bir qismiga ega bo‘lish yaxshiroq. Xoh paypoq bo‘lsin, xoh u aksiya – pastroq narxdagi sifatli tovarni sotib olishni afzal ko‘raman.
  • “Hech narsani bilamaydigan” investor bo‘lishdan yomonrog‘i yo‘q. Keyinchalik “hech narsani bilmaydigan” investor bo‘la turib, nimanidir bilaman deb hisoblagan paytingiz muammolar paydo bo‘la boshlaydi. Charli (Berkshire Hathaway’ning vitse-prezidenti) bilan men fuqaro sifatida o‘zgarishlarga ijobiy munosabat bildiramiz: yangi g‘oyalar, yangi mahsulotlar, innovatsion jarayonlar mamlakatimizdagi hayot darajasining o‘sishiga xizmat qiladi, bu esa yaxshi, albatta. Biroq sarmoyadorlar sifatida innovatsion jarayonlarga nisbatan koinotni zabt etish deb hisoblaymiz – uni o‘rganish bo‘yicha urinishlarni oqlaymiz, ammo o‘zimiz uchishni istamaymiz.
  • O‘zingiz tushunmagan biznesga hech qachon pul tikmang. Sarmoyadorning eng yaxshi sifati – uning intellekti emas, balki uning temperamenti.
  • Muvaffaqiyatli kompaniyani sotib olishga sarflagan o‘ta katta miqdordagi narx uning o‘n yillik rivojlanish samarasini yo‘q qilishi mumkin.

Pullar va kriptovalyuta haqida

1-qoida: Hech qachon pullaringizni yo‘qotmang.

2-qoida: 1-qoidani unutmang. 

  • Jamg‘armalarni naqd pullar ko‘rinishida saqlaydigan odamlar o‘zlarini juda erkin his qilishadi. Ular deyarli hech qanday daromad keltirmaydigan, vaqt o‘tib qadrsizlanadigan uzoq muddatli befoyda aktivni tanlashgan.
  • Bitkoin bu – zaharning zahri. Kriptovalyutalar ko‘plab firibgarlarni jalb qiladi. Bu hech kim bilmaydigan narsalarni sotib olish orqali boyib ketgan tanishlariga havas bilan qaraydigan odamlarni ahmoq qilishga urinayotgan shubhali kimsalar bozoridir.
  • Agarda siz qandaydir bir qog‘oz bo‘laklari yoki bitkoindan ko‘ra, aktivlarga ega bo‘lishni afzal bilsangiz, boyligingiz yaqin 50 yilda ko‘proq oshadi.
Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Zamira

    kallasi zur iwlidi wu kiwini, qoyil qolaman

  2. An

    good raxmat

  3. Shavkatik

    zur, raxmat

  4. Azizbek

    wun4a puli bor insonni suzlariga iwoniw kere

  5. Rustam

    good like

  6. Navoi

    aqlli kiwi smile

  7. Ulug'bek

    smile aqlli inson

  8. Odilbek

    good

  9. Tohir

    good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social