Moda, moda va yana moda

Moda, moda va yana moda

Siz “sea-punk” va “downbeat” ning farqi nimadaligini bilasizmi? Yoki poluver va kardigannichi? Nima uchun iOS yaxshi emas, Android esa yaxshi? Agarda qaysidir savolga javobingiz “xa” bo`lsa, demak siz modaga berilgansiz deb aytish mumkin. Modaga berilish nafaqat yorqin kiyimda bo`lish, balki yana atrofingizda nima sodir bo`layotgani sizga befarq emas va siz buning faol qismi bo`lishni xohlaysiz.

Zamonaviy yo`nalish har birimizga katta ta`sir o`tkazadi, chunki biz ijtimoiy mavjudodlarmiz va atrofdagi narsalarga bog`liqmiz. Ammo qanchalik ushbu yo`nalish hayotimizni o`zgartirishga imkoniyat berish kerak? Biz uch asosiy maslahatlarni bermoqchimiz, ular sizga modada bo`lishga va unga bog`lik bo`lmaslikga yordam beradi.

Birinchisi! Eng Muhimi! Modani birinchi o`ringa qo`yma. Hech qachon va hech qanday vaziyatda modani atrofdagi insonlardan ustin qo`yma. Moda bir kun o`tib ketadi, lekin “sen modani tushunmaysan” deb aytgan gapingiz unutilmasligi mumkin.

Ikkinchisi! Har doim o`zingizga moda bu vaqtincha ekanligini eslatib turing. Bir shoh aytgan ekan: “bu ham o`tkinchi”. Ushbu gap qiyin vaqtlarda unga dalda bergan va boylik, hukmronlik vaqtida mag`rur bo`lishga yo`l qo`ymagan. Shuning uchun qachon seni yangi modali yo`nalish qoplab olsa, eslab tur, bu ham o`tkinchi. Nimaga hech kim “xarlem sheyk” qilmayapti? Qachon sen ohirgi marotaba “gangnam stayl”ni eshitding? Bularning barchasi o`tib ketdi va sen bog`liq bo`lgan narsa ham o`tib ketadi.

Uchinchisi! O`zingni aldama. Qiz yoki yigit oldida o`zingni ko`rsatish uchun emas, balki o`zing qiziqqan modani tanla. Faqat jamiyatga yahshi ko`rinaman deb pul sarflama. O`zinga rostgo`y bo`l. Tan ol: sen yangi ayfonni nima uchun olmoqchisan? Hamma ayfon ishlatayotgani uchunmi? Yoki qimmat moslama bo`lganligi va seni badavlat ko`rsatishi uchunmi?

Sizda yo`q bo`lgan narsani sevishni bas qiling. Sizda bor bo`lgan narsani qadrlang va seving. Modada bo`lish – bu narsa haqida bilish va yangi narsaga ega bo`lish ham emas. Modada bo`lish – siz sevgan narsani bilish va bilgan narsani qadrlash va asrashdir.

Sulaymon shoh aytganidek “osmon ostida hech bir yangi narsa yo`q”. Siz nima deb o`ylaysiz, inson eslab turadigan va qadrlaydigan, doimo hamma uchun kerak bo`lgan narsani yarata oladimi?

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. uzBoy

    manincha yarataolmaydi-ajoyib fikrlar manga yokdi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social