Munosabatlarda ko‘pincha ayollar ko‘proq emotsiyalar his qiladi, ko‘proq siqiladi, ko‘proq kechiradi. Nega? Bu tabiatmi, tarbiyami yoki jamiyatning ko‘zga ko‘rinmas qoidalarimi? Psixologlar bu savolga javob izlashar ekan, barchamizning ichki bolaligimizga qaytishni taklif qiladi.
Bolalikdanoq qiz bolaga “sevimli bo‘l”, “xo‘p bo‘ladi de”, “mehribon bo‘l” degan so‘zlar ko‘p aytilgan. O‘g‘il bolaga esa “mag‘rur bo‘l”, “hislaringni ko‘rsatma”, “erkak kishi yig‘lamaydi” deyishgan. Shu tarzda jamiyat ilk qadamdanoq ikki xil rolni belgilab qo‘yadi. Natijada qizlar katta bo‘lganida muhabbatni his qilishga emas, uning uchun mehnat qilishga o‘rganib qoladi.
Psixolog Dilnoza Yusupovaga ko‘ra, bu holat “emotsional mehnat” deb ataladi:
“Munosabatda ayol ko‘proq emotsional mas’uliyatni oladi — u yarashishga qadam tashlayotgan, ko‘ngil ko‘tarayotgan, muhitni yumshatishga urinayotgan bo‘ladi. Bunday ayollar munosabatda sherigining muhabbatidan ko‘ra, ‘men yaxshi ayolmanmi?’ degan savolga javob izlashadi. Bu esa ularni ko‘pincha ruhiy charchash va ehtiyojlarini unutish holatiga olib keladi. Erkak esa ko‘pincha munosabatning oqimini qabul qiladi. Bu biologik emas, ijtimoiy rolning natijasi.
Ayollar muhabbatni tuyg‘u emas, mas’uliyat sifatida qabul qilishadi. Shu bois, u munosabatda “ham ona, ham do‘st, ham maslahatchi” bo‘lib ketadi. Erkaklar esa ko‘pincha “emotsional mehnat”ni ayol zimmasiga yuklab qo‘yishadi — ular shunday qilish kerakligini bilishmasa ham kerak balki.
Ammo zamonaviy munosabatlar yangi yo‘nalishda. Yangi avlod ayollari muhabbatda ham hissiy tenglikni izlayapti. Ular uchun muhabbat — faqat berish emas, balki o‘zaro ehtirom va teng hissiyot almashinuvidir. Muhabbat — bu qurbonlik emas. Agar bu munosabatlar seni o‘zingni yo‘qotishga majburlayotgan bo‘lsa, bilginki bu muhabbat emas.
Shuning uchun muhabbatdagi jonbozlik faqat bir tomonlama bo‘lmasligi kerak. Ayol sevganda o‘zini yo‘qotmasin, erkak sevganda hissiyotini yashirmasin.
Shundagina muhabbat nafaqat yurak, balki insonning qadrini ham saqlab qoladi”, deydi psixolog.
Muhabbat niqobi ostidagi bog‘liqlik
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, sevgi munosabatlarida o‘zini to‘liq sherigiga bag‘ishlaydigan ayollar dastlab o‘zini baxtli his qiladi. Ammo vaqt o‘tishi bilan emotsional charchoq, qiymatsizlik hissi paydo bo‘ladi. Munosabatda shaxsiy chegaralarni yo‘qotgan ayollar o‘z qadrini past baholay boshlaydi va bu keyinchalik ruhiy bog‘liqlikka aylanadi.
Muhabbat munosabatlarida “emotsional avtonomiya” — ya’ni mustaqil hissiy fikr va qaror qabul qilish qobiliyati — munosabatning barqarorligi uchun asosiy omil ekanligi ta’kidlangan.
Psixolog tavsiyalari:
- Munosabatda “men” degan hudud bo‘lsin. Sevganingizning ehtiyojlarini inobatga olish muhim, ammo o‘zingizni unutish emas. Hissiy tenglik shu yerda boshlanadi.
- “Yo‘q” deyishni o‘rganing. Bu munosabatni buzmaydi, balki uni sog‘lom chegarada saqlaydi.
- Hissiyotingizni yashirmang. Ayol uchun ham xafa bo‘lish, xafalikni bildirish tabiiy. Har doim kuchli bo‘lish shart emas.
- “Boshqalar nima derkan?” degan fikrni unuting. Jamiyatning qoliplari ko‘p holda haqiqatga zid. Munosabatni boshqalar uchun emas, ikki kishi uchun quring.
- Mehr va ehtirom — munosabatingizda albatta bo‘lishi kerak. Sevgi faqat hissiyot emas, u ikki tarafning mehnatidir.
Munosabatda tenglik — bu kurash emas, muvofiqlik. Ayol muhabbatda ham o‘z qadrini saqlay olsa, u nafaqat seviladi, balki hurmat ham qilinadi. Bu oilaviy munosabatlarning bardavomligi va sog‘lom bo‘lishiga xizmat qiladi.
Chunki qizla butun yurak bilan sevishadi
Butun emotsiyalarini berishadi
Qizla haqiqatdan ham sevishsa, hech narsadan qorqishmaydi va butunlay ochiq bolishadi
Biz sevgiga toliq berilamiz
Hech qachon qorqmaymiz va ochiq bolamiz, sevgiga toliq berilamiz
Shunga biz shunday qilamiz, asosiysi haqiqiy sevgini uchratish
Togri etasiz Lobar opa
Biz sevgini boshqacha his qilamiz
Yurakdan sevamiz, miyani butunlay beramiz
Hech narsadan qorqmaymiz, hech narsadan uyalmaymiz
Sevgi sabr–toqatli va mehribondir. Sevgi hasad qilmaydi, maqtanmaydi, kekkaymaydi. Sevgi odobsizlik qilmaydi, xudbinlik qilmaydi, achchiqlanmaydi, kek saqlamaydi. Sevgi nohaqlikdan sevinmaydi, aksincha, haqiqat qaror topganda shodlanadi. Sevgi har narsani koʻtaradi, hech qachon ishonchini yoʻqotmaydi, har qanday sharoitda umid saqlaydi, har narsaga toqat qiladi.