Evropa Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasi 1/ 4 final o`yinlariga qur`a tashlandi

Evropa Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasi 1/ 4 final o`yinlariga qur`a tashlandi

Bugun, 20-mart kuni Evropa Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasi 1/ 4 final o`yinlariga qur`a tashlash marosimi Shveytsariyaning N`one shahridagi UEFA shtab-kvartirasida bo`lib o`tdi.

Evropa Chempionlar Ligasi qur`a natijalari quyidagicha:

«PSJ» – «Barselona»

«Atletiko» – «Real»

«Portu» – «Bavariya»

«Yuventus» – «Monako»

Birinchi o`yinlar 14 va 15-aprel` kunlari birinchi ko`rsatilgan jamoa maydonida bo`lib o`tadi, javob uchrashuvlari esa 21 va 22-aprel` kunlariga rejalashtirilgan. Final o`yini 6-iyun` kuni Berlindagi «Olimpiashtadione» stadionida bo`lib o`tadi.

Evropa Ligasi qur`a natijalari quyidagicha:

 «Sevil`ya» – «Zenit»

«Dnepr» – «Bryugge»

«Dinamo» K – «Fiorentina»

«Vol`fsburg» – «Napoli»

Birinchi chorakfinal o`yinlari 16-aprel` kuni, javob uchrashuvlar esa  23-aprel` kuni bo`lib o`tadi. Final o`yini 27-may kuni Varshavadagi «Milliy stadion» da bo`lib o`tadi.

Manba: EuroSport

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social