Qadim-qadim zamonlarda kimsasiz bir orolda insoniy his-tuyg’ular – Quvonch, Qayg’u, Aql, Tuyg’u, Muhabbat va boshqalar do’stona kun kechirisharkan. Kunlardan bir kun Tuyg’u ular yashayotgan orolning tez kunda dengiz qa’riga cho’kishini sezib qolibdi. Muhabbatdan boshqa barcha his-tuyg’ular jonini qutqarish maqsadida kemaga o’tirishibdi. Faqat Muhabbatgina kemaga chiqishga shoshilmay, oxirgi daqiqalargacha orolning cho’kmasligiga umid qilib, hech qayerga ketmabdi. Dengiz orolni asta-sekin o’z komiga torta boshlabdi. Shundan keyingina Muhabbat yordam so’rab, qichqiribdi.
Uning yonidan Boylikning hashamatli kemasi suzib o’ta boshlabdi. U Boylikdan kemasiga chiqarishni iltimos qilibdi. Ammo Boylik kemasi qimmatbaho toshlarga, oltin-kumushlarga to’laligini, bu yerda Muhabbatga joy yo’qligini aytibdi. Muhabbat dengizda suzib ketayotgan G’ururga murojaat qilibdi, biroq G’urur agar uni kemasiga o’tqizsa, u yerda tartib-intizom buzilishi mumkinligini aytib, yordam berishni istamabdi.
Muhabbat qanday jon saqlash haqida o’ylab, ilinj bilan dengizga termilib o’tirsa, Qayg’uning kemasi suzib o’ta boshlabdi. Muhabbat undan qutqarishni yalinib-yolvorib, iltimos qilibdi.
“O, Muhabbat, – debdi Qayg`u, – ming afsuski, seni kemamga chiqarolmayman, chunki men yolg’izlikka mahkumman”.
Orol yonidan Quvonchning kemasi suzib o’tibdi, ammo u kemasida bo’layotgan bazmu-jamshid, xursandchilikdan Muhabbatni payqamabdi, uning iltijolarini eshitmabdi ham.
Muhabbat taqdirga tan berib, o’limini kuta boshlabdi. Shu payt “Kel, Muhabbat, kemamga chiq, seni qutqaraman”, degan ovozni eshitibdi.
Dengiz qirg’og’ida unga qo’l uzatib turgan Qariyani ko’rib, Muhabbat xursandligidan hatto uning kimligini ham so’ramabdi. Qariya uni qirg’oqqacha yeltib, o’z yo’lida davom etibdi. Muhabbatning oyog’i yerga tekkach, bosh changallab qolibdi. Axir u Qariyaning ismini, kimligini so’ramabdi, hatto minnatdorchilik ham bildirmabdi.
U Aqlga murojaat qilibdi: “Aqljon, meni qutqargan Qariya kimligini bilasanmi?”.
“Bu Qariyaning ismi Vaqt”, debdi Aql.
“Vaqt?” – hayron bo’libdi Muhabbat, – u nimaga meni qutqardi?”.
“Faqatgina Vaqt Muhabbatsiz hayot yo’qligini hammadan ko’ra yaxshiroq tushunadi”, deb javob beribdi Aql.
haqiqatdan ham sevgisiz hayot yuq, sevgisiz utgan hayot, behuda utgan hayotdir.
i4larimga4a oldi wu hikoya…
yaxwi maqolakan, yoqdi.
muhabbatsiz nafaqat hayot bor, muhabbatsiz hayot guzaldir
yaxwi maqola.raxmat
yowim 50da, muhabbatsiz hayot bor, bir umr muhabbatsiz yawayman, ulib qolganim yuq.
vaziyat og’ir, yordam kere, manga yozila iltimos…
rahmat
nega ekan? bemalol yawasa buladi, lekin kerakmi wunday hayot?
Xudoni sevsangiz, uni birin4i uringa quysangiz, U sizga kerakli insonni yuboradi va hayotingizni uzgartiradi
raxmat
sevgi eng muhim narsa…