Mukammallik haqidagi hikoya

Mukammallik haqidagi hikoya

Bir ayolning ikkita katta chelaklari bor edi. Ayol chelaklarning har birini tayoqning ikkita burchagiga osib, bo’yniga ko’tarib quduqdan suv tashiyrdi. Chelaklarning birida kichkina yoriq bor edi va ayol quduqdan uyiga uzoq yo’l yurib kelganida chelakda faqat yarimta suv qolar edi. Ikkinchi chelak butun bo’lib, unda har doyim suv to’kilmasdan to’liq kelgan.

Bir necha yil davomida bu holat davom etdi, shu vaqt davomida ayol uyiga atiga bir yarim chelak suv olib kelardi. Albatta, mukammal chelak yutuqlari bilan faxrlanardi. Yirtilgan chelak esa o’zining kamchiligidan uyalardi, xafa bo’lardi. Chunki u zarur bo’lgan narsaning yarmini bajarishi mumkin edi.

Bir marta, nihoyat, o’zining foydasizligiga ishonch hosil qilib, yorilgan chelak daryo yonida ayol bilan gaplashdi:

– Men o’zimdan uyalaman, chunki uyga keladigan suv yoriqlarim sabab doimo oqib ketadi.

Bunga javoban ayol kulib, shunday dedi:

– Sen tomoningdan gullar borligini va chelak narigi tomonida yo’qligini ko’rdingmi? Bu sening kamchiliklaring haqida har doim bilganim uchun va sening tarafingdan gullar ekib qo’ydim. Daryodan qaytib keladiganimizda har kuni sen ularni sug’orarding. Agar sen bo’lmaganingda, bu go’zallik bo’lmas edi …

Har bir insonda o’z kamchiliklari bor va ayni paytda hayotimizni qiziqarli va munosib qilgan shaxsiy xususiyatlariga ega. Har bir insonni borligicha tushunib qabul qilish va unda yaxshilikni ko’rish muhimdir.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social