Xotirani ishlatish

Xotirani ishlatish

Oramizda xotirasi mukammal ishlaydigan odamlar kamdan-kam topiladi. Deyarli hammamizda ba`zi-ba`zida xotiramiz pand berib qoladigan paytlar uchrab turadi. Agar til o`rganayotgan bo`lsangiz, xotirangiz qanchalik yaxshi yoki yomon ishlashini yaxshi bilasiz. Shunday odamlar borki, bir ko`rgan joylarini keyin hech adashmay topib keladilar, yoki bo`lmasa bir ko`rgan kishisini ancha vaqtdan keyin yana taniydi. Bundaylarning xotirasiga tan bermay ilojimiz yo`q. Qaniydi hammamiz ham mana shunday kishilar kabi bo`lsak, biroq buning ilojisi yo`q. Nega xotiramiz bunchalik yaxshi yoki bunchalik yomon ishlashiga ba`zi sabablar bor. Birinchi sababi bu miyamizda biz o`rgangan yoki biladigan narsalarni saqlaydigan ma`lum bir miya bo`lagi, aniqrog`i ombori yo`q.

Ha, aytganingizday, miyamizda hamma o`rganganlarimizni saqlaydigan bir ombor yoki maxsus joy bo`lganida yaxshi bo`lardi. Ammo afsuski, xotira miyamizning hamma joyiga tarqalib ketgan. Faktlar, foydali fikrlar, o`rgangan narsalarimiz miyaning turli joylarida saqlanadi. Masalan,  odamlarni tanish xotirangiz miyaning bir bo`lagida joylashgan bo`lsa, so`zlarni yoki hayotingizda bo`lgan narsalar miyaning boshqa qismlarida joylashgan.

Biz odamlarni «xotirasi yaxshi yoki xotirasi yomon» ga ajratamiz. Aslida yaxshi yoki yomon xotira bo`lmaydi. Xotira haqida gaplashar ekanmiz, miyada nimalar esda qolishi haqida gaplashish to`g`ri bo`ladi. Chunki yuqorida aytganimizdek, hamma ham hamma narsani zo`r eslab qololmaydi.

Fikringizga yuz foiz qo`shilaman.  Ba`zilar yuzlab telefon raqamlarini miyasida yaxshi eslab qolsa, boshqalar bo`lgan voqealarni yaxshi eslab qolishadi. Hech kimning miyasi xotirlash bo`yicha yuz foiz to`liq ishlamaydi.

Inson dunyoga kelganidan to umri oxirigacha bilim o`rganishni istaydi. Ëshlar qarilarga qaraganda yaxshiroq eslab qoladilar deymiz. Ammo o`sha yoshlar orasida ham o`rganganlarini yodlaridan chiqarib qo`yadiganlar ko`plab topiladi. Bundaylarning miyasi eslab qolish buyruqlarini yaxshi o`zlashtirolmaydi.

Buning uchun kishi ko`p va tez-tez o`qib turish kerak. O`rganganlarimizni takrorlash, unutmasligimizga garov bo`ladi. Shuning uchun ham o`qituvchilar, yil davomida bir necha martalab, «o`tilganlarni takrorlash» qilishar ekan-da.

Ha, takrorlash o`rganganlarimizni mustahkamlaydi. Qancha ko`p o`rgansak ham miyamiz ma`lumotlarni qabul qilaveradi.  Miyamiz qanchalik ko`p ma`lumotlarni o`zida saqlashini biz hatto tasavvur ham qilolmaymiz. Miyamizda millionlab nerv to`qimalari katta hajmdagi ma`lumotni saqlaydi. Bu kichikkina miyangizga qancha ko`p ma`lumot saqlasangiz, ba`zida ularni eslab aniqrog`i qidirib topish qiyin bo`lib qoladi. Siz eslamoqchi bo`lgan narsalaringiz xotirangizda «yo`qolib» qolsa ularni qidirib topish uchun kunlar kerak bo`ladi, ba`zida. Xotirani yaxshilash yo`llarini bilsangiz biz bilan bo`lishing. Oldindan raxmat.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    xa togri aytilgan Ўрганганларимизни такрорлаш, унутмаслигимизга гаров бўлади.

  2. madina

    xa medna lekin tugilgan kunlarga xotiram yaxshi ishlamaydi ))) shuning uchun yaxshi xam kalendar bor qaerda zametka kuyishing mumkin smile

  3. Умид

    Инсон дунёга келганидан то умри охиригача билим ўрганишни истайди. Бу жуда тогри айтилган.

  4. Azim

    Eq o’qimaganla, hotirani yoshlikdayam qarilik chog’idayam trenirovka qilib yahshilash mumkin. Man shahsan shunday odamlarni bilaman. Hotirani yahshilash tehnikalari internetta tiqilib yotibdi. Befoyda odnoklassnikda o’tirgandan ko’ra hotirani yahshilash tehnikasini o’qisangiz foydasi cheksizdir.

  5. Husniddin

    Salom. inson miyasini ishlatish un u o’z botiniy ongi va xayotiy ongini uyg’inlashtira olishi kk bu esa juda kam insonlar qo’lidan keladi .Agar siz ham buning uddasidan chiqsangiz nafaqat xotira balki miyangiz ishlash %ini oshirishga erishgan bo’lasiz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social