Muvaffaqiyatli bo’lishga xalaqit qiladigan 3 qo’rquv

Muvaffaqiyatli bo’lishga xalaqit qiladigan 3 qo’rquv

Ezgu maqsadga yo’lni to’sib turadigan qo’rquvlarni bartaraf qilish muhim ahamiyatga ega.

  1. Noma’lumlik qo’rquvi

Miya bizga qulaylik zonasidan chiqishga ruxsat bermaydi, shunday qilib xavfdan bizni himoya qiladi. Shuning uchun biz noma’lumlikdan qo’rqishni boshlaymiz.

Biroq, hech kim o’tirib va hech narsa qilmasdan muvaffaqiyatga ega bo’lmaydi. Buning uchun harakat qilish kerak. Bir joyda qolish qo’rqinchli, va oldinga harakat qilish va yangi narsa bilan shug’ullanish – bu juda qiziqarlidir. Hayot taklif qilgan narsalar bilan foydalanib olish kerak. Bu siz uchun yangi ufqlar ochib beradi.

  1. Omadsizlik qo’rquvi

Bu nima uchun odamlar harakat qilolmasligining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Biz yo’lda allaqachon ega bo’lgan narsani yo’qotishdan qo’rqamiz. Bizni to’xtatadigan savolni beramiz “Agar bunday bo’lsa?…”. Men unga o’xshagan bo’lolmasamchi? Urinish muvaffaqiyatsiz bo’lsachi? Barchasini yo’qotsamchi?

Muvaffaqiyatsizlik – bu muvaffaqiyatga olib keluvchi zinapoyaning keyingi qadami hisoblanadi. Shunday ekan, ularni yangi tajriba va bilim olish uchun bir imkoniyat sifatida qabul qiling.

  1. Muvaffaqiyat qo’rquvi

Bu g’alati tuyulishi mumkin, lekin ba’zi odamlar undan qo’rqishadi. Ba’zan biz ayrim vazifani bajarishga qodir ekanligimizni bilamiz, lekin uni qilmaymiz. Chunki biz boshqalarning muvaffaqiyat tushunchasi bosimi ostida qolamiz. Oila va do’stlar bizdan ma’lum harakatlar va natijalarni kutadi va ularning talablarini qondirolmaslik qo’rquvi paydo bo’ladi.

Boshqalardan bosim haqida o’ylamang. E’tibor markazida bo’lishdan qo’rqmang, chunki faqat siz qo’ygan maqsadga erishishingiz mumkin.

C-qrH23XYAAs7QcMuvaffaqiyat – bu nuqta emas, muvaffaqiyatsizlik – bu oxiri emas. Oldinga harakat qilishni davom ettirish uchun jasorat muhim.

Uinston Cherchill, Britaniya siyosatchisi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social