Nima qilish kerak?

Bugun siz bilan suxbatlashmoqchi bo`lgan mavzuim, har-birimizning kundalik hayotimizda zarur bo`ladigan va usiz hayotimizda ko`plab qiyinchiliklar bo`lishi mumkin bo`lgan narsa ya`ni pul to`g`risidadir. Agar davom etayotgan hayotga jiddiy e`tibor berib qaraydigan bo`lsak, ko`p narsalar pul bilan o`lchanishini kuzatishimiz mumkin.

Do`stlaringizni ko`p yoki ozligi, sizga bo`lgan xurmat e`tibor, boshqalarning sizga nisbatan munosabati, hammasi oxirgi paytda pulingiz yoki boyligingizga bog`liq bo`lib qoldi.

Aslida bu shunday bo`lishi kerakmi? Albatta yo`q. Lekin ming afsuski bu ayni haqiqat. Yon atrofingizga yaxshilab e`tibor berib qarang, yoki yon qo`shningizga e`tibor bering, xuddi kim o`zarlik musabaqasiga o`xshash manzarani kuzatishingiz mumkin. Axir kim yoki nima insonlarni shunga majbur qilayapti?

Bu savolga bitta javob bor. U ham bo`lsa “men sendan kam bo`lmasligim kerak” degan o`y fikrlar. Pul topish yoki boylik orttirish aslida yomon emas. Agar hammasi adolat bilan sodir bo`layotgan bo`lsa. Chunki pulimiz bo`lsa to`y qilamiz, xar-xil marakalar deysizmi yoki xashamatli uy deysizmi. Bundan tashqari pul bizlarning kundalik ehtiyojimizdir. Agar pulimiz bo`lsa yaxshi ovqatlanamiz, yaxshi kiyinamiz umuman ko`nglimiz nimani istasa shuni qilishimiz mumkin.

Bordiyu pulimiz bo`lmasachi? Albatta kimdandir yoki nimadandir nolib o`tiramiz. Menimcha bu dunyoda puli ko`p bo`lishni istamagan inson bo`lmasa kerak.Meni bir do`stim bor, uni aytishicha odamning puli ko`p bo`lishi, uning pulni qanday ishlatishiga bog`liq ekan. Bu gapda ham jon bor. Chunki boy odamning boyishining birinchi sababi – “u pulni to`g`ri ishlatishni biladi” degan gaplar ham xalqimiz orasida onda sonda bo`lsa ham eshtilib qoladi.

Bu bilan sizlarni boylik ortirmang yoki ko`p po`l topmang demoqchi emasman. Aksincha, ko`p pul topib yaxshi yashashga xarakat qiling. Va albatta topgan pullaringizni donolik bilan sarflashni o`rganing. Balki shunda siz ham ko`pchilik orzu qiladigan uy joy, mashina va qimmat baho narsalarga ega bo`larsiz. Eng muhumi bu yo`lda sizni xalollik va poklik xech qachon tark emasin.

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Puling ko’p bo’lsa, do’stlaring ham juda ko’p bo’ladi. Puling ko’p bo’lmasa, do’stlaring kamroq bo’ladi. Lekin o’sha kamroq do’stlaring eng sodiqlari bo’ladi…

  2. hozir ko’p narsa pul bilan hal etiladi, puling bumasa san jamiyatda o’z orzu qigan o’rinni egallashing juda qiyin

  3. манимча бундай эмас, бу хар бир кишининг атрофдаги нарсаларга булган муносабатига боглик, агар одам узи борлик нарсани пул билан, ёки бойлик билан улчайдиган булса, албатта бу кишига хамма нарса шундай туюлади, лекин дунёда канчадан канча бой инсонлар борки, улар учун биринчи уринда бу – инсонийлик, бошкаси эса кейинги даражада

  4. rustambek

    Энг муxуми
    бу йўлда сизни
    халоллик ва поклик
    хеч kачон тарк эмасин. Maqola chiroyli tugagan smile gap yoq

  5. комил

    халоллик поклик тугрисида купчили чиройли гапиради, кучада ёки таксига утирганда бу нарсани куп гувохи булишимиз мумкин, лекин нимагадир бу нарса амалда йук, манга мана шуниси киззик, ниме одамлар яхши нарсани узлари билишадию, лекин купчили яна ёлгон ва нотугри йулни танлашади …

  6. balkim ularda iroda etishmayotgandir?

  7. manimhca iroda etarli darajada, prosta bizning odamlada bir biriga bugan ishonch yuqolgan, ular uylashadiki atrofdeilar hammasi aldab kiydirib ketishadi, mani shunichun ularam aldashadi

  8. zamon uzgaryapti,rivojlanyapti,lekin pul muamosi xech uzgarmidi!

  9. Manimch kimni puli ko’paysi asli yuzi o’shanda ko’rinadi…

  10. Pulni ko’paytirish bu – mexnatga bo’gliqmi yoki omadgami?

  11. Исмингиз

    Ota bobolar aytishgan pulim bolsa kimlar bolmaydi qulim deb .yana birisi chontakda pul bolmasa ikki oyogin yurmaydi deb bunda chuqut mano yotibdi

  12. Исмингиз

    Insoniylik deysizlar ku aslida xammasi pulga mol davlatga taqalishini ozlaringiz juda yaxshi bilasizlar

  13. Исмингиз

    Kulchali bola bolakay suymoqqa yaxshi dollarli yigit yurmoqqa yaxshi maqol avtor bir toda qizlar

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social