Nima uchun aynan Skandinavlar yer yuzidagi eng baxtli odamlar hisoblanadi?

Nima uchun aynan Skandinavlar yer yuzidagi eng baxtli odamlar hisoblanadi?

Olimlar qanday tadqiqotlar o’tkazishiga qaramay dunyodagi eng baxtli mamlakatlar Daniya, Norvegiya va Shvetsiya bo’ladi. Albatta, bu mamlakatlarda hayot yetarlicha yuqori darajada, lekin baxtning siri bunda emas. Ularda hayotdan zavq olishning bir necha umumiy qoidalari mavjud.

1. Muloyimlik va boshqalarga hurmat!

Skandinaviya davlatlarida, Yante deb nomlangan alohida huquqni tan olmaydigan (aytilmagan qonun) qonun mavjud. Bu qonun juda samimiy va yagona jamiyat yaratish uchun yordam beradi. Kamtar bo’lish va boshqalarni hurmat qilish – bu Skandinaviyaliklarga mos!

Bundan tashqari, qonun odamlarni kibr va g’ururdan ogohlantiradi. Bu yerda o’z yetukligi bilan faxrlanish mumkin emas va boylikni barchaga ko’rsatib yurish yomon deb hisoblanadi.

2. Oila va ish bilan tenglik!

Skandinaviyaliklar oila va ishga yetarlicha vaqt bag’ishlash qanchalik muhimligini yaxshi bilishadi. Daniyada ko’pgina ofis va korxonalar soat 17:00 da yopiladi. Bunda hech qanday ish vaqtidan tashqari ish yo’q va dam olish kuni ishlash haqida hech qanday gap bo’lishi mumkin emas. Norvegiyada esa yaqinda 6 soatlik ish kuni qabul qilindi. Shu bilan samaradorlik tushmaydi va xodimlarda oila bilan dam olish uchun vaqt bor.

Shimoliy Yevropa ob-havosiga qaramay, ular oila bilan birgalikda ko’pincha tabiatga chiqishadi, sport bilan shug’ulanishadi va sayohat qilishadi.

25

3. Oiladagi muhit

Daniyaliklarda “Hyugge” (hygge) degan bir ajoyib so’z bor. Bu so’z uydagi qulaylikni, oila va do’stlar bilan muloqotdagi issiqlikni anglatadi. Bu shamlar va o’choq oldidagi oilaviy yig’inlarda, mazali oziq-ovqat, ichimliklar va suhbat bilan birga bo’ladi. Hyugge barchaga mavjud, shuning uchun bu yerda hashamat va g’ururga joy yo’q. Hyugge – bu birdamlik, rohat, qo’llab-quvvatlash va yaqin e’tibor hisoblanadi.

4. Aniq kutishlar

Baxtning eng muhim sirlaridan biri, bu aniq kutishlarni qo’yishdir, lekin bu orzu qilishni to’xtatish va ulkan maqsadlarni belgilash degani emas. Tasavvur qiling o’zingizdan va boshqalardan ko’proq narsa kutganingizda necha marta xafa bo’lasiz? Bundan tashqari, bizda do’stlarimiz va oilamizdan qancha kam kutishlar bo’lsa, ko’proq yoqimli narsalardan hayron bo’lishga imkon bo’ladi.

Boshqalar bilan o’zingizni taqqoslash, baxt uchun yaxshi yo’l emas. Ijtimoiy tarmoqlardan axborot oqimiga qarasak, biz ba’zan nimadirga yetishmaganimizni xis qilamiz, yaxshiroq va sifatliroq yashashga intilamiz – balki ba’zan shu poygani to’xtatib va bizda bor bo’lgan narsaga  xursand bo’lish kerakdir? Scandinaviyaliklar o’zlarini boshqalar bilan solishtirmaydi va ular boshqalardan o’zini yuqori qo’ymaydi.

23

Manba: Adme
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social