Nima uchun ko’p bilishdan ko’ra, doimo ko’proq o’rganish foydali?

Nima uchun ko’p bilishdan ko’ra, doimo ko’proq o’rganish foydali?

Agar nimadirni bilmasangiz buning hech qo’rqinchli joyi yo’q. Asosiy narsa – har doim yangi narsalarni o’rganish uchun tayyor bo’lishdir.

Microsoft bosh direktori Satya Nadella, uni psixolog Kerol Dvek “Muvaffaqiyat yangi psixologiya, O’yla va g’olib bo’l” deb nomlangan kitobidan qanchalik ilhomlangani haqida aytib berdi.

Muallif maktabdagi o’quvchilarni misol qilib keltiradi. Ulardan biri – bu o’zicha “aqlli o’quvchi”, ikkinchisi esa yangi narsalarni o’rganishga tayyor bo’lgan o’quvchidir. “Aqlli o’quvchi” boshida qobiliyatli bo’lsada, lekin doimo o’rganishni xohlagan o’quvchi har doim ko’p narsalarga ulguradi. Bu nafaqat talabalar uchun, balki rahbarlar va butun tashkilotlarga tegishlidir.

Bu maslahat barcha sohalarda ishlaydi va uni faqat bir gap bilan aytish mumkin.

Barcha narsa biladigan emas, balki doimo o’rganayotgan inson bo’ling.

Hamma narsani bilaman degan ishonch, nafaqat boshqalar haqoratli bo’lishi mumkin, balki bu sizni boshqa o’rganish kerak hech narsa yo’q deb o’ylashga majbur qiladi va bu martaba va shaxsiy o’sishga zarar yetkazishi mumkin.

Shuning uchun, biz har doim yangi bilimga intilishimiz kerak va siz bilmaydigan narsani tan olishga tayyor bo’lish kerak.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social