Nima uchun ko`p emas, balki sekinroq ishlash kerak?!

Nima uchun ko`p emas, balki sekinroq ishlash kerak?!

Met Stil dizaynerlik byuro rahbari, qanday qilib aqlni saqlab, hayotdan ko`proq bahra olish uchun o`z ishingizni tashkillashtirish kerakligi haqida insho yozgan. Yaxshi ishlash uchun kerak bo`ladigan Met sanab o`tgan 8 ta eng oddiy qoidalarni ko`rib chiqsak:

“STOP”ni bosing. Biz sekinlashgan vaqtimizda, bizning prioritetlarimiz yaxshiroq ko`rinishni boshlaydi. Agar siz xohlaganingizdan ko`proq band bo`lsangiz, o`z ish jadvalingizni o`zgartirishga shoshilmang. Muhimi tinchlaning va hozirgi holatga e`tibor bering.

Qahramon bo`lishdan to`xtang. Bajara oladigan va albatta muvaffaqiyat olib keladigan topshiriqlar bilan ish jadvalingizni tuzing. Agar siz loyihalaringizdan birini yopib qo`ysangiz hech kim yurak hastaligidan o`lib qolmaydi.

Uyga qayting. Ofisdan soat oltida yoki iloji boricha vaqtliroq keting. Kechki ovqat vaqtini do`stlaringiz yoki oilangiz bilan o`tkazing, o`zingizni bo`sh tuting va yaxshi dam oling. Shunda siz o`zingizni yaxshi dam olgan va diqqat-e`tiborli his qilib ishga borasiz.

Ishda yig`ilishlarni kamaytiring. Ha, ba`zida ular kerakli va foydali, biroq ko`pincha shunday yig`ilishlarda siz vaqtingizni yo`qotasiz. Xurmat bilan hamkasblaringizdan yoki rahbaringizdan qo`yilayotgan masalaning boshqa echimi bormi – so`rang, yoki o`z variantingizni taklif qiling.

“Samolet” rejimni yoqing. Internet va qo`ng`iroqlarni unuting. Bizning kommunikatsion odatlarimiz bizni baxtliroq yoki ishni samarali qilolmaydi. Atrofingizda sizga xalaqit qilmaydigan muhit yarating. Birinchi o`rinda muxim ishni bajaring, keyin xatlarga javob bering.

Ofisdan tashqarida ovqatlaning. Kitob o`qing, aylanib keling, muzeyga boring – muhitni o`zgartiradigan narsa qiling. Atrofdagi narsalarning o`zgarishi ish kunningizning ikkinchi yarmida sizni quvvat va entuziazm bilan to`ldiradi.

Ko`p vazifalardan voz keching. Insonlar bir vaqtning o`zida bir nechta ishni bajara olishlari bilan, o`zlarini ham va boshqalarni ham aldashadi. Bu samarali emas. Bir vazifaga e`tibor qarating. Kasbdoshlaringizni ogohlantiring, siz hozir bandsiz va halaqit bermasinlar. Ular natijasini ko`rib sizdan albatta xafa bo`lishmaydi.

“yo`q” deb ayting. Iltimosga javob berishdan oldin, o`zingizdan so`rang, sizda nima “Ha” deb javob berishga turtki bo`lyapti: rozilik yoki qo`rquv. Ikkinchi vaziyatda hurmat bilan rad eting va boshqa yo`lni taklif qiling. Balkim shu bilan siz ko`rsatgan yo`l masala echilishining yana bir yo`li bo`lib xizmat qilishi mumkin.

Manba: Adme 

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. chunki kallani ishlatish kere smile

  2. Ha toʻgʻri aytasiz lekin sogʻliqni oʻylash uni qadriga yetish kerak chunki pul topiladi ketgan sogʻlik ortga qaytmaydi bu esa qimmatli vaqtni behudaga sarflash kabidir

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social