Miyangizda yangi bir g‘oya paydo bo‘ldi. Ilhomlanib, uni do‘stlar va yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashdingiz. Kelasi safar ular ishingiz haqida so‘rashadi. Siz masalani o‘rganayotganingiz va rejalashtirish bilan shug‘ullanayotganingizni aytasiz. Biroq vaqt ketmoqda va g‘oya hali ham real ishga aylanmayapti. Siz hammaga bir xil javob berishdan charchadingiz.
Tanish vaziyatmi? Dastur ishlab chiqaruvchisi Devid Yu nima uchun bunday bo‘lishi va u bilan qanday kurashish haqida hikoya qilgan.
Mukammallik ortidan quvyapsiz
Ideal biznes-hamkor paydo bo‘lishi, bozor yetilishini kutyapsiz. Barini mayda-chuydalarigacha rejalashtirishni istaysiz.
Biroq Benjamin Franklin aytganidek, harakatni faoliyat bilan adashtirmaslik kerak.
Bilaman, loyiha qancha qimmat bo‘lsa, uni ideal ko‘rinishga yetkazish istagi paydo bo‘ladi. Biroq bu sizni harakatdan to‘xtatmasligi kerak.
Loyiha juda katta bo‘lib ko‘rinadi
Rejalashtirish juda yaxshi. Biroq loyiha katta kuch va vaqt talab etishini tushungach, hali ishga kirishmagan bo‘lsam ham kuchli ruhiy charchoqni his etdim.
Ilgari o‘z-o‘zimga shunday derdim: «Kel, kursning birinchi modelini amalga oshiramiz. Keyin esa hech nima qilmaslik uchun bahona topardim».
Ana shunda vazifani bir necha mayda qismlarga ajratib chiqdim:
Modul -> Bo‘lim -> 1 video ->Matn ->Bitta paragraf.
Kichik paragrafni yozishni yakunlagach esa shunday o‘ylardim: «Buning uchun bir necha daqiqa sarfladim, yana bittasini bajara olsam kerak».
O‘sha kuni modulning barcha matnini yozib tugatmagan bo‘lsam-da, qandaydir natijaga erishdim. Bu esa kishiga ishtiyoq beradi.
Vaqtni bekorga sarflashdan cho‘chiysiz
Rostini aytsam, bu mening eng katta qo‘rquvim. Men vaqt – eng qimmatli resurs, deb hisoblayman.
Eng qo‘rqinchli jihat – vaqtni biror bir bekorchi narsani ishlab chiqishga sarflash.
Men ko‘proq maqolalar o‘qishga va bozor, raqobat, mahsulotni ishga tushirish va g‘oyalarni sinash bo‘yicha kurslarda o‘qishga harakat qilardim. Shu tariqa hech narsani uddalay olmaslik borasidagi qo‘rquvlarimni kamaytirishga intilardim.
Sarflangan vaqtga achinamanmi? Yo‘q, men bu tajribadan ko‘p narsa oldim.
G‘oyangizdan nima uchun hayratga tushganingizni unutdingiz
G‘oya ilk marta paydo bo‘lganida uni yangi va hayratlanarli, deb hisoblaysiz.
Men bilan ham xuddi shunday bo‘lgan. Men u qancha pul keltirishi va o‘zini o‘zi qoplashi uchun qancha odam uni sotib olishi kerakligi haqida o‘ylardim.
Biroq o‘z kursimni yaratishga qaror qilishimning asosiy sababi tarmoqda WeChat’ni ishlab chiqishga bag‘ishlangan ingliz tilidagi resurslarni juda kamligi edi. Men bilimlarim xorijlik loyiha ishlab chiqaruvchilariga asqotishi mumkinligi haqida o‘ylardim.
Dastlab, g‘oya sizni nimasi bilan jalb etgani haqida unutmang. Unga kirishish kirishmasligingiz ana shunga bog‘liq.
G‘oyangiz juda ko‘p
Miyangiz soatiga 2500-3000 ta g‘oyani ishlab chiqa oladi. Bitta g‘oyani yozib tugatmasingizdan miyangizda yana bir boshqa g‘oya paydo bo‘lishi mumkin.
Tanlovning mantiqqa zid jihati ham ana shunda – variantlarning juda ko‘pligi zo‘riqishni chaqiradi. Natijada ularning hech birini tanlamaslikka qaror qilasiz.
- G‘oyalarni darhol yozib oling.
- Doimiy ravishda eslaydigan g‘oyangizni toping.
- Ishga kirishiladigan sanani tanlang.
- Sizda ishtiyoq uyg‘otadigan g‘oya ustida ishlashni boshlang.
- Turli loyihalar ustida ishlang (menda ular jami uchta).
Hammada o‘zining amalga oshish vaqtini kutayotgan g‘oyalar bo‘ladi. Faqat sizgina ularni hayotga tatbiq etishingiz mumkin. Nima uchun ularni sinab, qanday ko‘rinishda amalga oshishini kuzatmaslik kerak?
Перезвоните мне
Mening orzuim dunyoda tinchlik bo’lishi
Salom, begona qizga sovga bersa boladimi
xa albatta bemalol xoxlagan odam jb beradi savolzga
Bemalol bersez boladi, agar sovga tori kesa, hunuk va bachkana bomasa