Kamp Nou da mo’jiza sodir bo’lmadi! Yuventus keyingi bosqichda (+video)

Kamp Nou da mo’jiza sodir bo’lmadi! Yuventus keyingi bosqichda (+video)

Barselona Yuventus 0:0! Yuventus yarim finalda – Mo’jiza ro’y bermadi. Barselona Yevropa Chempionlar Ligasidagi ishtirokini to’xtatdi. Birinchi uchrashuvda Yuventusning 3 ta goliga Barselona Kamp Nouda hech qanday javob ko’rsataolmadi. Yuventus himoyada ajoyib o’yin ko’rsatdi va Barcelonadan 2 yil oldin qabul qilgan mag’lubiyati uchun o’ch oldi. O’yindagi barcha tafsilotlarni videoda tomosha qiling:

Barselona-Yuventus 0:0

Monako Dortmund ustidan javob ushrashuvida ham ishonchli g’alabani qo’lga kiritdi. Monako Dortmund 3:1! Monako futbolchilari o’z maydonlarida ancha tartibli va sifatli o’yini evaziga yarim final yo’llanmasini qo’lga kiritishdi. O’yin tafsilotlarini videoda ko’ramiz:

Monako-Dortmund 3:1

Real va Bavariya javob uchrashuvi tugagan bo’lsa ham, uchrashuv muhokamasi hali hamon davom etmoqda. Muhokamada nafaqat Real va Bavariya muxlislari, balki butun dunyo axli muhokamaga qo’shilgandek go’yo. Lekin afsus ushbu holat o’yin natijasiga o’z ta’sirini ko’rsataolmaydi, P.S. ko’rsatganda futbolni “F” harfi ham qolmasdi. Uchrashuv 4:2 hisobida Madrid jamoasi g’alabasi bilan yakunlandi va yarim finalga aynan Madridliklar yo’l olishdi. O’yin tafsilotlarini videoda ko’ramiz:

Real-Bavariya 4:2

Lester va Atletiko o’rtasidagi birinchi uchrashuvda Madridlik futbolchilarning 1:0 hisobidagi g’alaba bilan tugagandi va bu hisob Atletiko uchun kichkina bo’lsa ham javob uchrashuvni ustunlik bilan boshlashga sharoyit yaratib berdi. Kecha bo’lib o’tgan javob uchrashuvida Lester Atletiko bilan 1:1 hisobida durang o’ynadi va chempionatdagi ishtirokini tugatdi. Atletiko esa qatorasiga uchinchi marotaba Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finali yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

Lester-Atletiko 1:1

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. sHox

    uyin sifati kechigiladan ancha yaxshi buldi real bavariya uyinini mashi hakam boshqarsa bumasmidi?????

  2. mmtt

    Jallu mashinaqa hakamla uyinni buzadi Barsani nagliy sindirishdi

  3. Gol

    Тан олиш хам мардлик лекин афсус мани бази бир барсачи дустларимда бунака хислат йук. Бундан кейин хам бумаса кере :)))

  4. uff

    forza Juventus

  5. messi

    bugun juventus kuchli edi allegrini barcaga olib kelish kere enrikiga dam

  6. semechkachi

    bu sindirish emas, sindirish real bavaria uyinida buldi! hakam ajoyib boshqardi uyinni barcacilarga shunaqa qattit kul hakam kere

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social