Nima uchun tongni iliq suv ichish bilan boshlash kerak?

Nima uchun tongni iliq suv ichish bilan boshlash kerak?

Uyg‘ongandan keyin vaqtni qanday o‘tkazish kunning qolgan qismiga ta’sir qilmay qolmaydi. Tongni nafaqat balansli nonushta bilan, balki ovqatdan 30-40 daqiqa avval suyuqlik ichish bilan boshlash kerak. Bu organizmning kun davomida yaxshi ishlashiga hissa qo‘shadi.

Ertalab ichish mumkin bo‘lgan ichimliklar bisyorligiga qaramay, kunni oddiy suv bilan boshlash eng samarali usul hisoblanadi. Ammo iste’mol qilishda uning haroratiga e’tibor berish kerak. Hatto jazirama kunlarda ham haddan ortiq sovuq suv ichish yaramaydi. Ichaklarda noqulayliklarga sabab bo‘lishi, bu esa nonushtaning hazm bo‘lishi yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Qaynoq suv ichish ham ma’qul variant emas — qaynagan suv ichishni yoqtiradigan bo‘lsangiz, ichishdan avval sovitishni unutmang. Maksimal darajada foydali bo‘lishi uchun suv 40-45 daraja haroratda bo‘lgani yaxshi. Aynan iliq suv organizmni uyqudan keyin ishga tushishi, kechasi, ayniqsa, sekinlashadigan moddalar almashinuvining jadallashishi, shuningdek, organizmdan toksinlarning chiqarib yuborilishiga yordam beradi. Och qoringa bir stakan iliq suv ichish hazm jarayonini rag‘batlantirib, detoksikatsiyani ta’minlaydi va tetiklashishga yordam beradi.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. juda foydali maqola bo’pti, katta raxmat. ko’proq wunaqa narsa yozila

  2. To'maris

    Inson kuniga 3 litr suv i4iwi kerak. Wunda sog’lig’i va po4kalari sog’lom bo’ladi

  3. kunimni har doim suv i4ib bowliman va hammaga wunday qilila diman

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social