Nima uchun vaqtli turish foydali?

Nima uchun vaqtli turish foydali?

Nima uchun erta uyg’onish tartibiga o’rganish kerak? Biz buning 6 asosiy sabablarini eslatib o’tmoqchimiz.

1.O’zingiz uchun vaqt

Erta tong – bu haqiqiy sokinlik vaqti, mashinalarning shovqini eshitilmaydi, qo’shnilar musiqa eshitishni boshlashmaydi, televizorda yomon xabarlar o’rniga quvnoq va foydali maslahatlar olib ko’rsatiladi. Shuning uchun bu vaqtni o’zingizga bag’ishlash uchun erta turish kerak. Ertalabki sukunat vaqtida kelajak rejalari va orzular haqida o’ylash foydalidir.

2. Qiyinchiliksiz ish boshlash

Agar shaharda yashayotgan bo’lsangiz, ehtimol yo’llardagi tirbandlikka duch kelgandirsiz. Agarda vaqtli turishni boshlasangiz, shunda barcha tirbandliklardan osonlik bilan o’tishingiz mumkin. Bundan tashqari ishga vaqtli kelishingizni rahbariyat doim qadrlaydi.

3. Siz ko’proq narsa qilishingiz mumkin

Olimlarning aytishicha, miyaning eng faol ishlash vaqti 7.00-9.00 orasida ekan. Shuning uchun barcha muhim uchrashuvlarni ertalab tayinlash tavsiya etiladi. Bundan tashqari, ertalab bir soat ichida biz kechki bir soat ichidan ko’ra ko’proq ish bajarishimiz mumkin.

original (2)

4. Vaqtida kelmaslik bilan jang

Statistika bo’yicha 25% xodimlar o’z vaqtida kelmasliklari uchun ishdan bo’shatiladi. Rahbariyatning ta’kidlashicha, bu ko’rsatkich qanchalik inson javobgarlikni his qila olishini ko’rsatadi. Sizda-chi, kech qolish bilan muammo bormi? Erta uyg’onish – sizning obro’ingizga foydali bo’lishiga bir sababdir. Agar erta uyg’onsangiz, barcha ish qilishga ulgurasiz va o’z vaqtida uchrashuvga kelasiz.

5. Intizom

Har kuni erta turish intizom va irodani rivojlantiradi. Ma’lumki, bu fazilatlar kasb va shaxsiy hayotda juda muhim ahamiyatga ega. Ko’pchilik intizomli insonlar baxtsiz insonlar, chunki ular o’zlariga chegaralar qo’yishadi deb o’ylashlari mumkin. Ammo olimlarning xulosasiga ko’ra, intizomli insonlar kamroq mojarolarga duch kelishadi.

6. Sportga vaqt

Ertalab vaqtli uyg’onsangiz, siz har doim ertalabki mashqlarga, yugirishga va toza xavoda aylanish uchun 30-40 daqiqaga ega bo’lasiz. Bunday kunning boshlanishi tanangizga butun kun davomiga kuch beradi va o’zingiz yaxshi kayfiyatda bo’lasiz.

Biz erta uyg’onish sog’ligingiz uchun foydali bo’lishiga ishonamiz. Shuningdek, uxlashga 22.00-23.00 da yotish va 6.00-7.00 da uyg’onish tavsiya qilinadi.

original (3)

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social