Shaharning katta ko`chalari bo`ylab yursangiz, ko`pgina uysiz insonlarni ko`rishingiz mumkin. Ko`pchilik ular tarafga nazar ham solishmaydi. N`yu-york ko`chalarida ijtimoiy tajriba o`tkazilgan va u orqali insonlar kimga ko`proq pul berishlarini tekshirishgan ya`ni o`z bolasi uchun pul so`ragangami yoki ichkilik uchunmi?
Uysiz kishi o`zini ichkilikka berilgan qilib ko`rsatganda, ko`pchilik pul bergan. Lekin uysiz ota qilib ko`rsatganda, unga e`tibor juda kam bo`lgan. Kutilmaganda bir ayol iti bilan keladi.
“Bu bugun men topgan pullar. Ammo mendan ko`ra, bu senga va sening oilanga kerak ” – deydi va duo ham qilib qo`yadi.
Qisqa duo qilib, ketayotgan vaqtda, yigit oldiga borib va bu ijtimoiy tajriba bo`lganligi va minglab insonlar o`tib ularga e`tibor qaratmaganligini tushuntiradi. Ayolning yahshiligi uchun unga 100 dollar ham beradi.
Video ushbu so`zlar bilan tugaydi: “Ba`zida, kichkinaga ega bo`lganlar, ko`proq berishadi”.
ajoyib maqola, bu video manga yaqinda Toshkentga borib odamlarni bir biriga bulgan mehr oqibatini kurib guvoxi bulganimni eslatdi – uz qishlogimdan ayrmasin
Салом. Мақолангиз менга жуда ёқди. Айниқса, “кичкинага эга бўлганлар, кўпроқ беришади” деган жойи. Ман бу ҳақда фикр юритар эканман, буни ҳақиқат эканини тушуниб олишимга ёрдам бердингиз десам ҳам бўлади. Бу хикоянгиз туртки ёки қандайлигимиз, ва қанчалар тошбағир эканимизга диққат эътиборимни қаратди десам, муболаға бўлмас. Сизларга катта рахмат. Мана шундай мақолаларни ёзиб боринг. Нима учун айнан “кичгинага эга бўлганлар, кўпроқ беришади?”. Бу саволга ким қандай жавоб бера олар экан?