O’zgarishlardan qo’rqish kerakmi?

O’zgarishlardan qo’rqish kerakmi?

Katta daryoning qirg’og’ida bir baliqchi o’z oilasi bilan yashagan ekan. Bir vaqtlar uning ishlari yaxshi ketgan edi, ammo u paytlar o’tmishda qolgan edi. Endi daryo oz baliqlar keltirar, anjomlari eskira boshlagan va yangi qayiqni sotib olish uchun hech narsa yo’qligi uchun baliqchi deyarli har kunni uni tuzatish bilan boshlashi kerak edi.

Bir kuni o’sha joylardan bir keksa kishi o’tib qoldi va baliqchidan tunash joy so’radi. Unga mehmondo’stlik ko’rsatib, uyga taklif qildi. Garchi hamma uchun yetarli oziq-ovqat bo’lmasa-da, uni kechki ovqat bilan mehmon qilishdi va mehmon uchun uydagi eng qulay joyni ajratishdi.

Ertasi kuni ertalab u tark etishga tayyorlandi, keksa kishi boshpana va oziq-ovqat uchun qanday minnatdorchilik bildirishni so’radi? Cholning hech qanday boyligi yo’qligini ko’rib, baliqchi kulib shunday dedi:

– Siz dono inson ekaningiz ko’rinib turibdi va siz ko’p narsalarni ko’rgansiz. Menga, minnatdorchilik sifatida maslahat bering. Men kambag’alikdan qanday qilib chiqib ketishim mumkin?

– Juda yaxshi, – dedi chol. Kambag’allikdan qutulish uchun qayigingni cho’ktirib yubor!

U shunday dedi va ketdi.

Baliqchi bu maslahatni tushuna olmadi, faqat elkasini qisdi: “Ehtimol, qari kishi aqlidan ozgandir? Qanday qilib men qayiqni cho’ktirib yuboraman – biz shundoq ham qiyinchilik bilan oziq-ovqat topa olsak, qayiqsiz biz ochlikdan o’lamiz… “

Baliqchi maslahatga rioya qilmadi. U avvalgidek yashashda davom etdi va qashshoqlikga ko’proq shung’ib ketdi. Uning oilasi odatda kechki ovqatsiz yotar edi.

Bir kuni shiddatli bo’ronda uning eski qayig’i buzilib ketdi, baliqchining o’zi mo’jiza bilan tirik qoldi.

U oilasi bilan o’tirib, qayg’uga tushib qoldilar, ammo hech narsa qila olmadilar – ular narsalarini to’plab, o’z uylaridan chiqib ketishdi, daryo bo’yilab pastga qarab ketishdi.

Uzoq vaqt davomida yurishdi va ular katta baliqchi qishlog’iga kelib qolishdi.

U yerda juda ko’p qayiqlar va katta kemalar ham bor edi.

Baliqchining qalbi ularga qaraganida shod-xurramga to’ldi! Lekin uning o’z qayig’i yo’q edi va sotib olish uchun hech narsasi yo’q edi.

Baliqchi qirg’oqda o’tirar, boshqa odamlarning qayiqlariga qarab, xavas qilar edi.

U uzoq vaqt davomida shunday o’tirdi va o’zing qayg’uli fikrlari orasida qayiqlarni ko’rishni boshladi: “bu qayiqni ta’mirlash kerak, mana bu qayiq yangilansa yaxshi bo’lar edi, agar bu qayiq tezda ta’mirlanmasa, butunlay buzilishi mumkin …

Shunday so’ng, baliqchi qayiqlarni ta’mirlashni boshladi, chunki u bu ishni juda yaxshi bilar edi! U o’z qayig’i juda ko’p marotaba tamirlagan edi. U qayiq tamirlashning barcha detallarini o’rganib chiqdi va mukammal usta bo’lganini ham sezmadi!

Uning ishi tezda baholashdi va qishloqda uning nomi chiqa boshladi. “U mo’jizalar yaratar, qayiqni ta’mirlash bilan shug’ullanar, yangilaridan yaxshiroq”degan gaplar paydo bo’ldi.

Odamlar uning yoniga uzoqdan ham kelishdi.

Biroz vaqt o’tgach, u yangi uy sotib olishga muvaffaq bo’ldi, lekin eski emas, balki chiroyli bog’ bilan o’ralgan edi. Shuningdek, pulga muhtojlik asta sekin yo’qoldi va oilada ochlik haqida allaqachon esga olinmas edi.

Keyinchalik, baliqchi o’sha keksa odam qayiqni cho’ktirib yubor deb aytganini esladi va uning so’zlari qanchalik dono ekanini tushunib yetdi!

Shunday narsalar tez-tez bo’lib turadi. Inson o’z og’irlik va qayg’ulariga yopishib oladi, eskirgan narslarini qo’yib yuborgisi kelmaydi. O’zgarishlardan qo’rqadi.

Agar inson o’zgarishlarni ko’rishga va qabul qilishga tayyor bo’lsa, har doim yaxshilik olib keladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social