Odamlarning ko`nglini olish

Odamlarning ko`nglini olish

Dunyoda kimnidir nimanidir qilishga undashning faqat bitta yo`li bor. Bu haqda hech o`ylab ko`rganmisiz? Ha, faqat yagona yo`l. U ham bo`lsa o`sha kishini shu ishni qilishni xohlashga majbur etish. Unutmang: boshqacha usuli yo`q. Albatta peshonasiga to`pponcha tirab, biror kishini soatini tortib olishingiz mumkin. Xodimingizni ishdan bo`shatib yuborish bilan qo`rqitib ishlashga majbur qilishingiz mumkin. Bolangizni urib-so`kib aytganingizni qilishga majburlaysiz ham. Biroq bu qo`pol usullar oxir-oqibat ko`ngilsiz oqibatlar keltirib chiqarishi muqarrar. Demak sizda nimadir qilish ishtiyoqini uyg`otish uchun men siz xohlagan narsani berishim kerak. Bu ana shu yagona yo`ldir.  

Siz nimani xohlardingiz? Avstriyalik mashhur olim, 20 asr ruhshunoslarining namoyondasi doktor Zigmund Freydning fikricha, bizning barcha xatti harakatlarimiz zamirida ikki maqsad yotadi: intim ko`ngilxushlik va buyuk bo`lish istagi. Amerikalik faylasuf Jon Dyui esa buni boshqacha ifodalaydi. Uning ta`kidlashicha, hammaning e`tiborida bo`lish istagi inson tabiatiga xos eng teran intilish ekan. Eslab qoling: «Hammaning e`tiborida bo`lish istagi». Bu tabiiy hol. Shunday qilib siz nimani istaysiz? Unchalik ko`p narsa emas, biroq o`sha ozginani ham chindan xohlasangizgina erishishingiz mumkin.

Deyarli etuk yoshdagi har bir kishining istagi asosini quyidagilar tashkil etadi:

  1. salomatlik va hayotni asrash;
  2. oziq-ovqat;
  3. uyqu;
  4. pul va pulga sotib olish mumkin bo`lgan buyumlar;
  5. u dunyodagi hayot;
  6. jinsiy qoniqish;
  7. farzandlarining baxti;
  8. o`zining ahamiyatini xis qilish

Bu istaklarning barchasi deyarli qondiriladi. Faqat bittasi bundan mustasno. Bu – buyuk bo`lish istagi bo`lib, juda kamdan kam hollarda ro`yobga chiqadi. Linkol`n bir maktubini shunday so`zlar bilan boshlagan ekan; «Hamma ham xushomadni yoqtiradi».

Uilyam Jeyms esa : «Kishilar tomonidan qadrlanish istagi insonga xos qat`iy intilishdir», degan edi. Bu kishini doimo jonhalak qilib keladigan, qondirib bo`lmaydigan tashnalikdir. Aynan muhim shaxs bo`lishga intilish istagi tufayli savodsiz baqqol ombordagi bochkalar ostidan topib olgan huquqiy mavzudagi kitoblarni o`qiy boshlaydi.

Siz o`sha baqqolning kimligini bilasizmi? U Linkol`n edi. Muxim shaxs bo`lish istagi sizni so`nggi urfda kiyinishga, oxirgi rusumdagi avtomobilda yurishga undaydi. Bu istak Dikkensni o`lmas asarlar yozishga, Kristofor Renni toshlardan simfoniyalar yaratishga ilxomlantirgan edi. Sizning ko`nglingizni nima oladi? Bu xaqda fikringizni bildiring.

Kommentlar: 18 komment. 18 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Мени 5 пунктдагиси уйлантириб куйди. Мен учун купинча 4 пунктлар киззиктирарди, энди эса уйланиб колдим

  2. baribir xamma kunglini olomisan

  3. Умид@

    пул ва пулга сотиб олиш мумкин бўлган буюмлар;

  4. Номаълум

    джеймс брат зор айтган :«Кишилар томонидан қадрланиш истаги инсонга хос қатъий интилишдир»

  5. ko`p insonlarni qancha kunglini olib yaxshi muomilala qilsang seni yerga urib ustingdan kulishadi alam qiladi odamga

  6. Shaxzod

    Bu dunyoda xamma odam sizam manam shunday ekan odam odamni chunadi quy yoki molamas.

  7. bu dunyoda yaxwi odamlar kam ekan kopcilikni konglini oliw qiyin ekan

  8. Fazo.tv

    Lekin bunga harakat qilish kerakdir, nima deb o’ylaysiz?

  9. Birovi k6ynini olwga urnma. Xurmatiyni y6qotasan 99% ! Umuman unutma!!!

  10. Fazo.tv

    Nega unday deb o’ylaysiz?

  11. Kop insonlar tuwuniwmaydi va yana sizni konglingzni qoldiriwda davom qiliwadi. Shunday ekan bunday insonlarga nisbatan ular yoqdek harakat qiliw kerak deb oylayman shunda ozingzni asragan bolosz.

  12. Fazo.tv

    Salom ?. Lekin bunday insonlarga yordam berish kerakmasmikan?

  13. PaD1shaX

    Hamma ga yoqishni iloji yoq !!!
    Agar dollar bolmasang

  14. Marinna

    Man shaxsan insonlani ko’nglini yani hurmat qilaman Deb oyoq tegi bo’p ketdim shuning uchun ularni baridan o’tish Kerey

  15. Fazo.tv

    To’g’ri aytasiz Marinna. Hayotda har xil vaziyatlardan o’tish kerak.

  16. Hechkimni konglini ogritmelik ozimizni konglimiz ogrisa ham smile

  17. Saidjon

    Odamni koʻnglini olish hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi. Hurmat yoʻqolish masalasiga kelsak siz koʻnglini olgan inson sizga oʻrganib qoladi va siz hayotidan chiqib ketguningizcha buni sezmaydi. Lekin albatda qachondir qadringizga yetadi.

  18. Fazo.tv

    Salom Saidjon, fikringiz uchun katta raxmat! BIz bilan qoling smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social