O`zbekiston olimpiyachilarining birinchi medali!

O`zbekiston olimpiyachilarining birinchi medali!

Londonda bo`lib o`tayotgan XXX yozgi Olimpia o`yinlari birinchi kunida O`zbekiston olimpiya terma jamoasida birinchi medal.

Dzyudochimiz Rishod Sobirov vazti 60 kilogrammgacha  bo`lgan dzyudochilar o`rtasidagi musobaqada bronza medali sovrindori bo`ldi. Dastlabki bellashuvida Avstriyalik Lyudvig Paysherni, chorak finalga chiqish uchun kechgan kurashda Venesuelalik Xav`er Guedezani va yarim final uchun kechgan bellashuvda Braziliyalik Felippe Kitani muddatdan avval “ippon” bahosi bilan mag`lubiyatga uchratdi.

1

Yarim finalda bo`lib o`tgan kurashda esa Rishod Sobirov Rossiyalik Arsen Galustyanga oxirgi daqiqalarda kurashni boy berdi. Bronza uchun kechgan kurashda u frantsuzlik Milusa Sofiane ustidan g`alaba qozonib, uchinchi o`ringa ko`tarildi.

Tennis

Olimpia musobaqasida Uimbldon tennis stadionida o`tib borgan birinchi bosqichda, O`zbekistonlik Denis Istomin ispaniyalik Fernado Verdaskoni 6:4, 7:6 hisobi bilan mag`lubiyatga uchratdi va ikkinchi bosqichga chiqdi.

2

Velosport

Guruh shosse poygada o`zbekistonlik Sergey Lagutin beshinchi o`rinni egalagan. 250 km masofani Lagutin 5 soat 46 daqiqa 05 soniyada bosib o`tdi va poyga g`olibi Qozog`istonlik Aleksandr Vinokurdan 8 soniyaga orqada qoldi. O`zbekistonning ushbu sport turida qatnashgan boshqa vaakili Muradjan Xolmuradov distantsiyadan chiqib ketgan.

3

Boks

Shaimov Orzubek 56 kg vazn toifasida Braziliyalik Vieyra de Xesusu Robenilsonga 7:13 hisobida mag`lubiyatga uchradi va Olimpiya o`yinining birinchi jangini boy berdi.

29 iyul sanasi Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da 75 vazn toifasidagi dunyoning ikki karra chempioni Abbos Atoev London 2012 olimpiya o`yinlarida ilk uchrashuvini o`tkazadi. Uning raqibi Marokkalik Badr-EddineXaddiou bo`ladi.

O`q otishi

London otish maydonida O`yinlarning birinchi medallar komplekti o`ynaldi. Pnevmatik vintovkadan 10 m dan o`q otishda 8 ta final yo`lanmasi uchun 56 ta ishtirokchi kuch sinashdi. O`zbekiston vakili Sakina Mamedova 49 o`rini egalladi (389 ochko).

4

Barcha sportchilarimizga London 2012 yozgi o`yinlarida omad va zafarlar tilab qolamiz! Biz bir jamoamiz!

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    boshlanish yomon emas,qani yoshlar faqat olg’a!

  2. shu menimcha bitta medal bilan qaytib kelishadiyo smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social