Bir kuni bir yigit Onasini kechki ovqatga restoranga taklif qildi. Onasining yoshi ancha katta va kuchsiz edi. Shu sabab onasi ovqatlanish vaqtida ko’ylagiga ovqatni to’kib to’kib erdi.
Restorandagi ba’zi bir mehmonlar bu holatni e’tirozli kuzatishar edi, lekin yigit bunga e’tibor bermasdan o’zidagi xotirjamlikni saqlagan holda onasiga mehribonlik qilishda davom etardi.
Ovqatlanib bo’lgach, yigit onasini hojatxonagacha kuzatib qo’ydi. Onasining ko’ylagidagi ovqat qoldiqlarini qoqib, sochlarini tarab va ko’z oynagini to’g’irlab qo’ydi. Restorandagi barcha mehmonlar ularni jim kuzatishardi.
Yigit ovqat uchun hisob kitob qilib bo’lgach restoran chiqish eshigi tomom ketardi. Shu payt yoshi katta notanish kishi yigitga savol bilan murojat qildi:
– “Restoranda biron nima qoldirib ketmayapsizmi?” – so’radi notanish kishi.
– “Yo’q, hech narsa qoldirib ketmayapman” javob berdi yigit.
– “Unaqa emas! Siz har bir farzandga saboq va har bir onaga umid qoldirib ketmoqdasiz” dedi notanish kishi.
Vaqt o’tib yigitlarning onasiga nisbatan mehrini juda kam kuzatamiz. Balki kuzatarmiz ham, lekin buni haqiqiy mehr va hurmat deb bo’ladimi? Kim bu kabi voqeaning guvohi bo’lgan?
Ta’sirli ekan
ancha ta’sirli real hayotdan olinganmi hikoya?
yow ulgaygan sari ota onaning qadriga eta bowlaysan va yow ulgaygan sari ota onaga bulgan mehr yanada owa bowlaydi
Juda yo’q yozilgan ekan