“Bavariya” Evropa Superkubogi sohibi

“Bavariya” Evropa Superkubogi sohibi

 Kecha “Bavariya” hamda “Chelsi” klublari o`rtasidagi Evropa Superkubogi uchun bellashuv bo`lib o`tdi. O`yinda 5:4 hisobi qayd etilib, “Bavariya”ning g`alabasi bilan yakunlandi. Bu o`yinning yana bir qizziqarli tarafi ham bor ediki, bu ham bo`lsa Gvardiola va Mourin`o boshqarayotgan klublar o`rtasidagi to`qnashuv.

O`yinda tezkor gol urildi. Azar-Shyurlle-Torres kombinatsiyasini ispaniyalik hujumchi ajoyib tarzda yakunladi – 0:1. Ikkinchi bo`lim boshida kuni kecha o`tgan mavsumda Evropaning eng yaxshi futbolchisi bo`lgan Frank Riberi hisobni tenglashtirdi – 1:1. Bu hisob asosiy vaqtda saqlanib qoldi.

Qo`shimcha taymlarning birinchisida yana “Chelsi” oldinga o`tib oldi. Bu safar Azarning o`zi Noyerni ojiz qoldirdi – 1:2. Ammo 120-daqiqada Xavi Martinesning urgan goli “Bavariya”ni mag`lubiyatdan qutqarib qoldi va g`olib penal`tilar seriyasida aniqlanigan bo`ldi. Futbol lotoreyasida esa omad “Bavariya”ga kulib boqdi – 5:4. Birgina noaniq penal`tini londonliklar hujumchisi Romelu Lukau amalga oshirdi. Myunxen klubi Evropa Superkubogi sohibi!

X
X
Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    Bavariyaga qoyil qolish kerak. Bu yil juda ham yaxshi o’yin o’tkazyapdi. bavariya g’alabaga loyiq!!!!!

  2. jahon

    uzi chelsea ush bu kubogni kulga qirtishi kerak edi!!!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social