1. ”Vaqtim yo`q”. Onang seni 9 oy o`z qornida olib yurgan, chakaloq vaqtingda kechasi bilan uxlamay chiqqan. Erta tongda turib nonushta tayyorlagan, kechasi ham ovqat tayyorlagan va hatto qishga bankalarni yopgan. U doim seni eshitgan, seni asragan, o`z sevgisi bilan bo`lishgan… va hech qachon iltimosinga: “Vaqtim yo`q” deb javob bermagan.
2. ”Sizni yomon ko`raman”. Ammo u seni hech nimaga qaramasdan sevadi. Kim bo`lingdan qat`iy nazar: biznesmen, doim ishda bo`lsang ham, oddiy sotuvchi yoki ishsiz bo`lgan vaqtingda ham seni yaxshi ko`radi.
3. ”Kechirasiz, siz tayyorlagan ovqatni emayman”. Ushbu oddiy ovqatni tayyorlash uchun onang plita yonida bir nechta soat turgan. Yoqmayaptimi? O`zing qilib ko`r, balki yaxshiroq chiqar?!
4. ”O`zingiz menga shunday tarbiya bergansiz”. Balki onang seni tarbiya qilganida xato qilgan bo`lsa ham, ammo u chin yurakdan seni yaxshi inson bo`lishingni istagan. Agarda o`zinda kamchilik ko`rsang, uni ustida ishla. Senga hech kim halaqit qilmayapti.
5. ”Siz hech qachon otamni sevmagansiz”. Agarda shunday bo`lsa, balki sen bu dunyoda bo`lmas eding.
6. ”Otam sizni tashlab ketib to`g`ri qilgan”. Albatta ota-ona ham xato qilishi mumkin. Lekin bunda onagni aybdor qilib, uning dilini og`ritish yaxshi ish emas.
7. ”Siz baribir tushunmaysiz”. Shunday bo`lsa ham, onang doim seni tushunishga harakat qiladi.
8. ”Siz oliy ma`lumotga ega emassiz”. Lekin onang sen tasavvur qilmagan hayot maktabidan o`tgan va aytgancha u hatto sening o`qishing uchun pul topishga ham ulgurdi.
9.”Kechirasiz, tug`ilgan kuningizga/Yangi yil/8 mart kuniga kelolmayman”. Ona o`z farzandi katta bo`lganini sezib qolsa hayratga tushadi. Balki ohirgi 20 yil ko`proq uning hayoli sen haqingda bo`lgan. Vaqti bilan ona o`zi haqida qayg`urishni boshlaydi, lekin baribir sening kelishingni juda kutadi.
10.”Qo`ng`iroq qilmadim, chunki band edim”. Balki onang kasal bo`lgandir, yolg`iz qolgandir, pensiya olmasdan qarz olishga majbur bo`lgandir?
11.”Siz menga etarlicha mexr bermagansiz”. Qo`lidan kelgancha u seni sevgan va senga mexr bergan. Balki sen xohlagandek ko`p emasdir, ammo chin yurakdan…
12. ”Tashqi ko`rinishingiz yomon”. Ona – birinchidan ayol, shuning uchun tashqi ko`rinish haqida gaplar juda ta`sirli bo`ladi. Balki u o`ziga qaramaganini sababi sendirsan?
13. ”Dam olishda siznikiga borolmayman, dengizga borishga qaror qildim”. Balki onang shunchaki seni ko`rishni istagandir?
14.”Siz hayotimni buzdingiz”. Hech qachon bunday dema. Mumkin emas! Izohsiz!
“Ota-onangni xurmat qil, toki er yuzida baraka topasan”
Onam tirik bulganida qaniedi
bilaslarmi men nimani kurdim, uylangan yigitlar baribir ko’proq vaqt onasi bilan utkazishni xarakat qilishadi, chunki shu 20-25 yil mobaynida ular faqat Onasidan xaqiqiy sevgini qabul qilganlar edi! Onajon sizni sevaman!
akbaraziz mayli bu ollohni sinovi xammamizi br sinovimz bor ilohm barca muminlarga qiyomatda qullarida toj bn onalarini oldiga borw nasb qlsn