Ota-ona va farzand o`rtasida pullik shartnoma

Ota-ona va farzand o`rtasida pullik shartnoma

Barchaning pulga bo`lgan munosabati turlichadir. Ammo hali hayot qiyinchiliklarini to`liq anglab etmagan bolalarning pulga bo`lgan munosabati qanday? Bolaning pulga bo`lgan tushunchasi qay tarzda shakllanadi?

Hamma oilalarda pulni topish va uni sarflash turlichadir. Ammo barcha oilalarda pul bo`yicha muammolar bir-biriga juda o`xshashdir. Sababi, barchaning hayoti pul bilan shunchalik bog`liqki, buning natijasida yuzaga keladigan muammolar ota-ona va farzand o`rtasidagi, shuningdek o`zaro munosabatlar kabi umumiy muammolarga ta`sir ko`rsatadi.

Pul oilaviy xayotning moddiy asoslaridan biridir. Ko`p hollarda ota-onalar o`z farzandlariga pulni qachon berish kerak va pul haqida qay tarzda gaplashishni bilmaydilar. Bu esa o`z navbatida turli tushunmovchiliklarga va farzand tarbiyasiga ta`sirini o`tkazmay qolmaydi.

So`ngi vaqtlarda ota-ona va farzand o`rtasidagi pullik shartnomalar to`g`risidagi suhbatlarning ko`plab guvohiga aylanyapmiz. Bu qanday deysizmi? Bunga oddiy farzandning maktabda olingan yuqori bahosi uchun ota-ona tomonidan pul bilan rag`batlantirishni misol qilib keltirishimiz mumkin. Yoki uy vazifasini o`z vaqtida bajarishi, uyni yig`ishtirib qo`yishi, yaxshi hulqi yoki bog`chaga borishlari uchun ham ota-onalar o`z farzandlarini pul bilan rag`batlantirib kelishmoqda. Ammo ko`pgini ota-onalar buning oqibati nimalarga olib kelishi xaqida o`ylab ham ko`rmaydilar.

Kuni kecha avtobusda ketayotib maktabdan qaytayotgan ikki sinfdoshning suhbati meni diqqatimni o`ziga tortdi. Sababi ularning darsdan olgan xar bir a`lo baholari uchun ota-onalari o`z farzandlarini pul bilan rag`batlantirishar ekan. Men hayron qoldim. Nima bu – farzand va ota-ona o`rtasidagi tuzilgan shartnomami?

Farzandlarimizni pul bilan rag`batlantirish to`g`rimi? Agarda bolani doimo pul bilan rag`batlantirish odat tusiga aylanib boraversa, kelajakda bola faqat pul evaziga yaxshi natijaga erishishga intiladi. Xonani yig`ishtirish, uy vazifasini bajarish kabi majburiy ishlarni ham bola o`zi uchun emas, balki ota-onasi tomonidan beriladigan qandaydir manfaat uchun bajaradi. Bunday tarbiya olgan farzandda xudbinlik, faqat o`zini o`ylash, har bir qilgan ishi uchun nimadandir umidvor bo`lish hissi ortadi. Kerak bo`lsa, yolg`on gapiradi, vazifalarni o`zi bajarmay ko`chirishni boshlaydi. Qolaversa, pul evaziga yordam beradigan bola keyinchalik muhtoj insonlarga beg`araz yordam ko`rsatishi ham qiyin bo`lib qoladi.

Maktab bu – bilimlar o`chog`idir. Bolaning olgan yangi-yangi bilimlarini aslida o`qituvchi rag`batlantirishi lozim. Aynan shu rag`bat bolani o`qishiga va bilim olishiga undovchi kuch bo`lishi zarur. Sababi olingan bilim bolada o`ziga nisbatan ishonchni va mas`ulyat hissini oshiradi. Bolada yoshligadan pulga bo`lgan tushunchasi to`g`ri shakllantirib borish biz ota-onalarning vazifasidir. Shunday ekan, farzandlarimiz bizning kelajagimizdir! Ularning tarbiyasi, dunyo qarashi hamda shakllanayotgan qadriyatlariga bee`tibor bo`lmaylik!

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Fozilbek

    Menimcha bu “shartnoma” oson yo’l bo’lib qolgan ya’ni bolani shu orqali tezroq harakat qildirsa bo’ladi. Shunisi achinarliki, ota-onalar shu oson yo’lni tutishni lozim ko’rishmoqda!

  2. javohir

    ota bulmasdan avtomobil xaydash mumkunmi

  3. javohir

    ota bulmasdan avtomobil xaydash mumkunmi lekin shartnoma qogozi yuq

  4. Navruz

    otam chet-elda eshitishim buyicha shartnoma qogozi yuq buladideyishdi shu tugrimi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social