Ko‘pincha o‘tmishdagi xatolarimiz, yo‘l qo‘ygan kamchiliklarimiz, erisha olmagan orzularimiz bizning hozirgi kunimizga soya soladi. O‘tmish… U bizni shakllantirgan, bizga tajribalar, saboqlar, ba’zan esa izlar qoldirgan beqiyos yo‘l…
«O‘tmishingiz bilan yarashing, shunda u hozirgi kuningizni buzmaydi», deyishadi. Bu nima degani? Buni qanday amalga oshirish mumkin?
Birinchidan, o‘tmishni inkor etish yoki unutmoqchi bo‘lish foydasiz.
Uni qabul qilish kerak. Xatolarimizni, muvaffaqiyatsizliklarimizni, og‘riqli voqealarimizni tan olish bu – birinchi va eng muhim qadam. Bu degani, o‘tmishingizdan afsuslanish yoki o‘zingizni ayblash emas. Balki, sodir bo‘lgan voqealarni xolisona baholash, ulardan saboq olish degani.
Masalan, yoshligimda o‘zimga ishonmaslik sababli ko‘p imkoniyatlardan voz kechganman. Keyin esa shu holatni qabul qilgan holda, o‘zimga ishonchimni oshirish ustida ishlaganman. O‘tmishdagi xatolarimni eslab, o‘sha paytda qanday xato qilganimni, nimani o‘zgartirishim mumkinligini tahlil qilaman. Bu esa menga bugunimda, hozirda boshqacha yo‘l tanlashga yordam beradi.
Ikkinchidan, o‘tmishning sizni boshqarishiga yo‘l qo‘ymang. Uni o‘zgartirishga harakat qilish befoyda. Ammo, o‘tmishning ta’siridan qutulish mumkin. Buning uchun o‘tmishdagi noxush voqealarni xotiradan chiqarish emas, balki ularning salbiy ta’siridan xalos bo‘lish muhim. Masalan, yomon munosabatlardan chiqib ketish, kechirish, psixolog bilan suhbatlashish bularning barchasi o‘tmishning salbiy ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan usullar, vositalar.
Uchinchidan, o‘tmishdan saboq oling. U sizga boy tajriba va bilim bergan. Shu tajribadan foydalanib, kelajakda xuddi shu xatolarni takrorlashning oldini oling.
Xullas, o‘tmishingiz bilan yarashish bu – uni unutmoq yoki inkor etish emas, balki uni qabul qilish, undan saboq olish va uning sizga bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytirish deganidir. Faqat shundagina siz hozirgi kuningizdan to‘laqonli bahra olishingiz mumkin.
Juda tori!!!!
Утмишни хар доим куйвориш кере
Уни барибир узгартира омисила. Факат сикилиб бугунги хаётни утказворасила
O’tmishni unuta olmayapman lekin
Kelajakni o’ylang
O’tib ketgan narsa, o’tib ketdi
O’tmishni unutib bo’lmaydi, undan faqat yaxshilik olish mumkin
O’tmish bizga nima beradi?
Hayot bizga shunchaki beriladi uni yaxshi yoki yomon bolishi oz qolimizda hatoni hamma qiladi lekin undan tori qaror chiqarish hammaning oziga bogliq osha hatoni keyim qilmaslik aslida aqli qaror boladi bitta hatodan keyin osha hattoni yana takrorlasa odam oshanga organadi inson hatoni qayta qilmasliki bilan inson odam hamma bolishi mumkim inson esa aql idrok fahm farosat sohibi va sohibasidir Shundey ekan shu kamentni oqiyotkan insonlat hayotiz oz qolizda uni ipni qayga tortsangiz shu tomonga ketadi muhimi ishoncha va Allahga topshiring va yolizni togri tomonga yonaltiringlar otmishdagilar boldi otib ketdi oylab siqilishdan foyda yoq muhimi bitta hatodan keyin kerakli xulosa chiqaring
Uzr ismim esdan chiqibdi
Munojat Salom Otmish sizni kuchli qiladigan xatolarni qayta qilmaslik uchun darsdir
Juda chiroyli yozasde Gulim, har doim mazza qilib oqiman
Rahmat Azizam sizga yoqqan bo‘lsa xursandman lekin aqili so‘zlar aytkanim bilan harakatim xarakterim bazida bu gap so‘zlardan yiroq o‘zimga kerak paytda foylanaman bazida ayyor bazida aqili bazida sodda qiz bo‘lish insonga juda foyda beradide real fakt isbotlangan hayotimdan men o‘zimni sevaman menga o‘zim yoqadi endi menga baribir kim qanaqa boqadi tonam kalta va lekin undan ko‘ra shukr bor bu hayotda hech kimsa emas mendek baxtiyor oson yashay desangiz jinnilikni yoqvoling eh dugoshlarim shu musiqani eshitib o‘zimga togrilab amal qilayapman bu mo‘jiza torisi man o‘shandan beri baxtliman
eehhh ótmish ótmish qani endi ótmishni bir kuniga atiga bir kuniga qaytishni iloji bolganda edi ….. afsus bu ushalmas orzu endi faqat bugunni va kelajakni uylab yawaw kere bazan ótmishimizni faqat yorqin kunlarini eslab mayin jilmayib quyamiz tugrimi…
Ha to‘ti nafasim lekin o‘tmish bizga yetarliha saboq berdi endi o‘tmishdagi hatolarni qilmaymiz heh qachon va biz hayotning bitta sinovini ogir sinov deb yengdik oldinda yana qanday sinovlar bo‘ladi faqat Allahga ayon va men kelajakga faqat ishonch ko‘zi bilan qarashni boshladim ichimizda vahima bo‘ksa bilingki bari shayton nayrangi uni yengib oldinga qadam tashlash kerak men shaytonimni yengdim endi taqdirmozda nima bo‘lsa Allahga tavvakal sinovli kunlarga sabr baxtli kunlarga shukr qilib yashashda davom etamiz siqilib xafa bo‘lib yashagandan ko‘ra bizni yaxshi ko‘radigan oilamiz uchun duoda bo‘laylik
xaa togri man xam xammasini allphni qóliga topwirganman endi nima yozilgan bosa wu buladi xammasiga roziman ehhgulimm uzin blasankuu mani icimdegini togri aytiwin mumkn boldi endi tugadi dib togri u kunlar utib ketdi ln man kunikgim keme qoladi bazida uwa kunlarimi kuuup kuup eslab bazida xursan bolaman bazida yigleman blaman utmiwimi yozorib bezor qgandurman slaniyam ln bandasidan faqat wu saytgagina aytib yozaolaman xoloss yozolmaganlarimni esa alloh biladi juda zur yozasanda gulm fazo.tvga admin qib quyelimikn a nma dysan
Vayey nafasimey Sani yaxshi ko‘raman nimaga bezor bo‘laman hecham unaqa o‘ylama shirnim hopmi ha nima ham derdik Allah xoxlamagande o‘rto baribir xotiralarni unutib bo‘midi mayli muhumi hammamiz baxtli bo‘laylik adminlikga kelsak qarshimasdim lekin
xaa unutib bumedi kunikiwga majburmiz xaa ilohim xamma xamma baxtli busin tuy qaccooonn qacon bir maazza qilib uynemz namangangayam borolmadik aa tuyga
Oshadeeeee, toy qachon? Gulim yaxshimisz?
Assalom Alaykum Mani Asallarim Nafasim Azizam qalaysizlar toy plani 2025ga planlashtiryapman Allah nasib qilsa kevuraslarde Nafasim ha mayli nasib qilmagan ekande toyga borish
Toyxonani nomini yozvorarsiz, boraman
vayy boramizzz din opam boramiz birga inshaalloh
Hmmm!!! Birga boramiz Chaqirishsa boldi
Yo’q.