O’z baxtingizni qanday qilib ushlab olish mumkin?

O’z baxtingizni qanday qilib ushlab olish mumkin?

Baxtni qanday qilib ushlab olish mumkin? Bu savol har bir kishining fikrlashga undaydi …

Dono qari mushuk chim ustida yotib, quyoshda rohat olar edi. Shu payt uning yonidan yorqin va yosh mushukcha yugirib o’tdi. U mushuk sakrab, yugurib, qari mushukning atrofida aylanishni boshladi.

– Nima qilyapsan? – deb qari mushuk so’radi.

– Men o’z dumimni ushlab olishga harakat qilyapman! – dedi mushukcha halloslab nafas olib.

– Lekin nima uchun? – deb kulib so’radi qari mushuk.

Menga dumim bu – mening baxtim ekanligini aytishdi. Agarda men o’z dumimni ushlab olsam, shunda baxtni ushlab olgan bo’larkanman. Mana men dumim orqasidan uchinchi kun yugurib yuribman. Lekin u har doim mendan qochyapti.

Qari mushuk kulib, shunday dedi:

– Men yosh bo’lganimda, menga ham dumim mening baxtim deb aytishgan. Men bir necha kun uning ortidan yugurdim va uni ushlab olishga harakat qildim. Men ovqatlanmadim, suv ichmadim, faqat dum orqasidan yugurar edim. Men charchaganda yiqilib tushar, o’rnimdan turib va yana dumim ortidan yugirar edim. Bir payt men umidimni yo’qotdim va faqat boshim oqqan tomon ketdim. Keyin bilasanmi to’satdan men nimani sezib qoldim?

– Nimani? – deb xayratlanib mushukcha so’radi.

– Men payqadimki qayerga bormay, mening dumim har doim mening ortimdan yuradi. Baxt ortidan yugirish kerak emas. O’z yo’lingni tanlash zarur va baxt sen bilan birga boradi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social