Bugungi suhbatimiz kattayu-kichikni, boyu-kambag’alni birdek qiziqtiradigan, o’ziga tortadigan pul haqida bo’ladi. Xo’sh, pul nima o’zi? U ba’zilar uchun baxt, ba’zilar uchun yaxshi yashash manbai, yana ba’zilar uchun esa biror nima sotib olish mumkin bo’lgan qimmatli qog’oz.
Aslida pul hech narsa emas, u shunchaki bir qog’oz holos, ammo shu bilan birga kimlar uchundir u hamma narsa hamdir. Pul ba’zilar uchun orzu-umid, erkin yashash, istagan ishni bajarish, istagan narsasiga erishish imkoni. Ba’zilar esa pulni peshona teri bilan keladigan va unchalik ko’p bo’lmaydigan qimmatli qog’oz. Pulning bor-yo’qligi kishining hayotiga ta’sir qiladi.
Chindan ham pul hammamizning hayot tarzimizni o’zgartiradi. Biroq kishining pulga bo’lgan munosabati uning hayotga va odamlarga bo’lgan munosabatiga ta’sir qiladi. Kishining pulga bo’lgan munosabati uning bolaligidan shakllanadi. Ota-onalar o’zlari bilmagan holda bolalariga pul haqidagi fikrlarini singdirishadi. Masalan qiynalib, og’ir mehnati tufayli pul topayotgan otalar bolalariga: «Pul daraxtda o’smaydi, uni qiynalib topasan», – deya uqtirishadi. Qiynalmay pul topayotgan olg’ir ota onalar esa: «Pul topish qiyin emas, muhimi qaerdan pul chiqishini bilsang bas», – deya uqtirishadi. Ba’zi ota-onalar esa «Baxtni va sog’liqni pulga sotib olib bo’lmaydi» – deyishadi. E’tiqodli oiladagilar esa «Pul yovuzlikni tug’diradi, pulga ruju qo’yish kishini Xudodan uzoqlashtiradi. Pul egasining jannatga tushishiga to’sqinlik qiladi» – deya fikr bildirishadi. Xullas ota-onaning pulga bo’lgan munosabati bolasiga ham o’tadi. Pul haqida to’g’ri fikr yuritadiganlar juda kam topiladi.
Albatta pulga baxtni, muhabbatni va sog’liqni sotib olib bo’lmaydi. Puli kam insonlar ham baxtli bo’lishlari, muhabbatli hayot kechirishlari mumkin. Pul baxt saodat keltira olmas, ammo uning yo’qligi ham kishini avvalgidanda baxt-saodatliroq qilib qo’ymaydi. Pulga to’g’ri munosabatda bo’lgan inson uni yomonlik yo’lida ishlatmaydi. Yaxshi qo’llardagi pul egasiga va atrofdagilarga yaxshilik va sahovat keltiradi. Ko’pchilik o’ylaganiday pul zulm manbai emas, aksincha pulga ochlik zulm manbai bo’ladi.
Insonning pulga bo’lgan munosabati uning qanday yashashiga, qancha pul topishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Haddan tashqari pulga berilib ketganlar insoniy qadriyatlar, mehr-oqibat, yaxshilik kabi ijobiy hislatlardan benasib bo’ladilar. Pulni zulm manbai, pulning ko’pligi kishiga ziyon keltiradi, deb bilganlar esa, kam pul topib, zo’rg’a hayot kechiradilar. Bu ikki holat ham to’g’ri emas. Ammo uni hayotning bosh maqsadi qilib qo’yish ham kerak emas. Siz yaxshi yashashingiz uchun etarlicha pul topishga qodirsiz. Xudo bergan kuchni, iqtidorni oilangizga etarli darajada pul topishga sarflang. Ammo maqsadingiz faqat pul topishdan iborat bo’lib qolmasin.
Raxmat
Assalom alaykum maqolada juda togri gaplar aytib otilgan bazibir insonlar chontakdagi pul via uNing kiygan kiyimiga qarab baho berishadi by bilan biron nima ozgaradimi bilmadim siz qancha harakat qilsangiz ham yaqin olmaydigan insonlar siz yaxshi kiyim kiyib yoningizda pul bolsa sizni yoningizga ozlari yugurib kelishadi shuni bildimki insoning munosabati pul bilan bogliq ekanda deya afsuslandim agar pul bolmasa insoni qadri qimmati bit tiyin boladi ekan bunday holatlarni juda kop kordim afsus oddiygina bit qogoz inson hayotini ozgartirib yuborsa
Aytishadiku puling bolsa changalda shorva deya shu bekorgamas aynan puliga qarab muanola qiladiganla uchun emasmikan?
Ajoyib
very good
Inson o‘ylaydiki hamma narsani pul hal qiladi deb. Aslo yoq pul hal qila olmaydigan narzalar ham bor. Muhimi mehr oqibatni yoqotmasak bo‘ldi.
katta rahmat
Pul hich narsa lekin u hamma narsa manosini chaqin
Hammasi tugri
Masalani boshqa tomonidan qaraydigan bo‘lsak,pul hal qila olmagan narsani ko‘p pul hal qiladi degan narsa noto‘g‘ri ekanlini anglab yetish qanday baxt✅
Ko’p pul bo’lsa, ko’p narsalarni hal qilsa bo’ladi
ZO’R
Dilni yayratadigan ham Tilni sayratadigan ham turmushga maza tam kiritadigan ham pul pul deyishadiku, :-
Hamma hozir faqat shuni o’ylaydi
Pul baxt olib kelmasligi toğri ammo qop-qora Gelikda qayğurib oʻtirgan yaxshiroq
Fakt