Pul sanash kayfiyatni ko‘taradi

Pul sanash kayfiyatni ko‘taradi

Amerikalik psixologlar tushkunlikka qarshi kurashish va ruhiy osoyishtalikka erishishning eng original yo‘lini topishdi. Xotirjam bo‘lish va kayfiyatni ko‘tarish uchun pullarni sanang, vassalom! Bu, albatta, yordam beradi. Siz sanaydigan pullar o‘zingizniki bo‘ladimi, birovnikimi, farqi yo‘q!

Ruhshunoslar ko‘ngilli odamlarni topib, ikki guruhga bo‘lishdi. Ularning birinchisi 100 dollarlik taxlamlarni shunchaki qog‘oz deb, ikkinchi guruh esa pul deb hisobladi. Tajribadagi pullar ishtirokchilarga tegishli emas edi.

Shundan so‘ng ularni turli sinovlarga yo‘naltirishdi. Dastlab tirik odam deb hisoblagan uchta kompyuter sheriklari bilan o‘ynashga majbur qilishdi. O‘yin chog‘ida ishtirokchilar koptokni bir-birlariga berishdi.

Vaqt o‘tgan sayin kopyuter sheriklar tirik odamlarni mensimay qo‘ydi, bu esa sinovdagilarning tushunarsiz ravishda jahli chiqishiga olib keldi. Olimlar shu tariqa banknotalarni pul hisoblagan ishtirokchilarning ruhiy zarbalarga chidamli ekanligini aniqlashdi.

Navbatdagi tajribada ko‘ngillilar qo‘lini issiq suvga solib, 30 soniya ushlab turishdi. «Qog‘oz» emas, pul sanagan ishtirokchilarga suv uncha issiq tuyulmadi. Qolaversa, ular og‘riqni kamroq his etib, sinovlarni bajonidil ado etishdi.

Ruhshunoslar yana ko‘ngillilarni taklif etib, tag‘in ikkita guruhga bo‘lishdi. Ularning birinchisiga o‘tgan oydagi sarf-xarajatlarini yozishni, ikkinchisiga esa xarajatlari vaqtida ob-havo qanday bo‘lganini qayd etishni iltimos qilishdi.

Shundan so‘ng yana bir-biriga koptok uzatish va suv bilan bog‘liq tajriba o‘tkazildi. Tushkunlik va dardga o‘zlarining sarf-xarajatlarini emas, ob-havoni eslaganlar chidamli ekanligi aniqlandi.

Britaniyalik tadqiqotchilar baxtning pulga teng qiymatini topishga harakat qilishdi. Unga ko‘ra, masalan, «Men seni sevaman» degan gapni eshitgan inson lotereyada 163 ming funt sterling miqdorida pul yutug‘iga teng quvonchni his etadi.

Salomatlik bir qadar qimmatroq baholanadi – 180 ming funt. Uchinchi o‘rinda hamkorlar o‘rtasidagi barqaror munosabatlar turadi – uning «lotereyadagi o‘xshash qiymati» 155 ming funtga teng. Tinch-osoyishta va xavfsiz mamlakatdagi hayot 130 ming funtga baholandi.. Bolalar bilan munosabatdan qoniqish – 123 ming, oilada vaqtni o‘tkazish – 110 ming, kulgi – 108 ming. Eslab qoling: kitob o‘qish kinoga borishdan ko‘ra 54 ming funt qimmatroq!

Mehnatdan zavq olish –  37 ming funt, oldindan nimanidir sezib rohatlanish – 50 ming funt. Hamma ishlar silliq ketganida kunni omadli o‘tkazish istiqbolini ko‘rish – kechqurun uyga qaytishdan ko‘ra «ancha arzon» (45 mingga 18 ming funt).

Kommentlar: 25 komment. 25 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Пул буса кайфиятам яхши буладиде laugh

  2. Aziza

    rofl rofl rofl

  3. Oybek

    Hamma baxt puldami?

  4. Umid

    Albatta!

  5. Izzatilla

    Pul baribir odamni baxtli qimidi

  6. Eldor

    Lekin Lamboda utirib xafa buliw yaxwiro rofl

  7. shodiyona

    pul baxtli qilmaydigan deydiganlar sevgi qorin toydiradimi kim nochor pulsiz och yashashni istaydi

  8. Bobur

    Tugri etasiz, hozir pulsiz nima qilasiz? Och qoringa kuchada otirasizmi? Pul juda kerak hozirda

  9. Odil

    Pulim kup buganida, har kuni sanab utiraman cool

  10. Shokir

    Pul sanovni yoqtiradi

  11. Server

    Pulsiz hayot bormi hozir

  12. Xurshid

    good

  13. Nosir

    Hammani fikri hozir faqat pulda

  14. Qodir

    Narxlani owiwi bilan, nima haqida uylaw mumkin?

  15. Olifta

    bb Here comes the money

  16. Ezozaxon

    Bun4a pulni qattan osa buladi?

  17. Sarvar

    Pul bosa 4angalda wurva

  18. Elik

    good

  19. Suxrob

    Pul pul hammayo pul

  20. Gulnora

    laugh

  21. Donik

    Pulim busa edi… eh nimalar qibtawardim

  22. Po'latov H

    Pul bo’sa, kayfiyat ham bo’ladi

  23. Muhammad

    Pul emas, Xudo haqida uyleyla!

  24. Gulli

    manga pulni qadriyam qiziqiyam yoq manga in son qadri hurmati muhim agar insoniylik nor joyda pul kerakmas hamma narsa pulga kelib tarqamaydi manuchun shu manga pulni kerahi yoq faqat zarurat bolmaguncha Ishim xam bolmaydi

  25. Gulli

    Assalom alaykum hammaga omad

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social