Qanday qilib 1 daqiqada kayfiyatni ko’tarish mumkin?

Qanday qilib 1 daqiqada kayfiyatni ko’tarish mumkin?

Uzoq umr ko’rishni istaganlar uchun bobo va buvilarimizning aql-idroklari juda muhimdir. Har bir o’y-hayol shaxsiy tajriba va har qanday fikr vaqt sinovidan o’tgan.

Nima bir necha soniya ichida kuchni yangilashga va hayot quvonchini his qilishga yordam beradi?

Dunyodan, gullardan, qushlardan, hayvonlardan va o’t-o’lanlardan bahramand bo’lishni o’rganing. O’z harakteringizni shakllantiring va kitoblarda topilmaydigan bilimlarga ega bo’ling.

Yerda oyoq yalang yurishga vaqt toping. Suvda iloji boricha uzoqroq turing. Bu charchoqni yo’q qiladi va ongni tozalaydi.

Suv iching. Suv – bu birinchi doridir. Plastmas idishda suv ichmang.

O’z stolingizda har kuni quyosh nurida yetilgan sabzavot va mevalar bo’lishi kerak. Lavlagidan yaxshiroq sabzavot yo’q. Keyin – loviya, meva sharbati, sabzi, pomidor, balg’or qalampir, ismaloq, olma, uzum va o’rik.

Yomon oziqlanish – bular, kolbasa, qizartirilgan kartoshka, shirinliklar, oq non. Eng yaxshi ovqatlar – don, loviya, salatlar hisoblanadi.

Quyosh ko’tarilayotganda hamma narsani qilish yaxshidir, kechalari miya dam olishi kerak.

Hafta oxiri siz ko’proq uxlashingiz mumkin, ammo tushlikdan so’ng uxlash zarardir.

Yong’oqlar yeyishni unutmang, chunki ular miya faoliyati uchun foydalidir. Har kuni yong’oqli narsalar iste’mol qilish foydalidir.

Yaxshi va g’amxo’r inson bo’ling. Dushman orttirmang. Faqat shu tarzda, o’z hayotingizda muommolar soni kamayishi mumkin.

Nima bo’lishi kerak bo’lsa, sizda bo’ladi. Faqat sabr qiling. Muloyim bo’lishga harakat qiling.

Agar bolangiz kasal bo’lmasligini istasangiz, unga “tabiat qo’ynida” bo’lishiga imkon bering. Unga o’t-o’lanlar ustida yalangoyoq yurishni o’rgating.

Quyosh, asalarilar, daryo bo’yida suzish, muzdek suvda cho’milish – bularning barchasi  kasalliklarni oldini olishi mumkin.

Agar charchagan bo’lsangiz, tanangizni tinchlanishga yo’l qo’ying. Ko’p ovqat yemang.

  • Har doim yosh va chiroyli bo’lishni xohlaysizmi? Haftada bir marta butun kun, faqat olma va yong’oq iste’mol qiling.
  • Meditatsiya va mulohaza uchun vaqt ajrating.
  • Sizga nima yaxshi va nima yomonligini insonlar emas, balki qalbingiz aytadi.
  • Dunyo nima deb o’ylashidan tashvishlanmang. O’zingizning shaxsiy sudyangiz bo’ling.
  • Odamlardan g’azablanmang. Ularni hukm qilmang. Ularni kechirsangiz, o’zingizga sevgini jalb qilgan bo’lasiz.
  • Agar qalbingiz sevgi bilan to’la bo’lsa, qo’rquvga o’rin bo’lmaydi.
  • Kambag’al kam pul topadigan inson emas, balki o’z hayotida qoniqmagan inson kambag’aldir.
  • Hech qachon bolalarni kaltaklamang. Bu keyinchilar ularga yomon ta’sir o’tkazishi mumkin.
  • Bahslashmang. Har bir insonning o’ziga yarasha haqiqati mavjud.
  • O’zingizni eng aqlli deb hisoblamang. Siz har doim boshqalardan o’rganishingiz kerak bo’lgan narsa bo’ladi.
  • Boshqalarga namuna bo’lishga intilmang. Siz uchun namuna bo’lishi mumkin bo’lgan odamni izlang.

Siz ushbu oddiy haqiqatlarga amal qilishni istaysizmi?

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. NAYIMAXON

    Maslahatlar uchun raxmad

  2. Fazo.tv

    Salom NAYIMAXON! Sizga ham raxmat, biz bilan qoling smile

  3. your dady aihhhhh

    kayfiyatim kutarilmayaptiku video quyilar kayf iyat kutarilishi uchun

  4. Fazo.tv

    Salom your dady aihhhhh! Telegram kanalimizga a’zo bo’ling, u yerda juda ko’p videolar qo’yamiz smile

  5. Kayfiyatim har doim alo bu oʻzgarmaydi menimcha lekin kayfiyatim hozir yanada aʼlo boʻldi maqola uchun rahmat fazotv

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social