Qanday qilib afsuslanmasdan hayot kechirish kerak

Qanday qilib afsuslanmasdan hayot kechirish kerak

Psixologlar odamlar ko’pincha nimadan afsuslanishlarini aniqladilar. Bu sizga ustuvorlikni qanday to’g’ri belgilashni va qaror qabul qilishda nimalarga ahamiyat berish kerakligini tushunishga yordam beradi.

Hayotingizda ba’zi bir ob’ektiv vaziyatlar sizni do’stlaringiz yoki qarindoshlaringiz bilan uchrashuvlarni keyinga qoldirishga majbur qiladigan holatlar, qanchalik ko’p uchraydi? Sizda, doimiy ravishda, muhim bir narsa qilishga vaqt topolmaydigan tuyg’u bormi?

Kundalik hayotdagi shovqin-suronda, turli xil majburiyatlar yuki og’irligida, biz ko’pincha haqiqatdan ham qilmoqchi bo’lgan ishimizga vaqt topa olmaymiz. Bir vaqtning o’zida hamma narsani qilishga urinib, biz ishda kechikamiz yoki hatto ta’tildan bosh tortamiz. Natijada, ko’p odamlar o’zlarining ustuvor vazifalarini, o’sha paytda noto’g’ri belgilaganliklari uchun afsuslanishadi.

Ustuvor vazifalarni noto’g’ri tanlashning oqibatlari qanday? Psixologlarning fikriga ko’ra, ular juda achinarli. Ko’p yillar o’tganidan so’ng, odamlar nimadan afsuslanishganini aytib berishdi.

Muvaffaqiyatsiz bo’lgan sevgi munosabatlar

Nyu-Yorkdagi Presviterian kasalxonasi psixiatriya professori Geyl Saltzning so’zlariga ko’ra, ko’pchilik o’z yaqinlari bilan munosabatlarni saqlamaganidan afsuslanishadi. Ko’plab ajralishlarning sababi ish bilan o’ta ovora bo’lishdir. Ko’pincha, munosabatlarni saqlab qolish uchun sheriklardan biri ma’lum bir qurbonliklarni qilishi kerak. Ammo hamma ham bu qurbonliklarga tayyor emas.

Hozirgi kunda ko’pchilik boshqa odam uchun kasbga ahamiyat bermaslikni aqlsiz deb hisoblaydi. Va ular kasbni birinchi o’ringa qo’yishadi. Natijada, bu odamlar haqiqatan ham muvaffaqiyat qozonishadi, lekin bir vaqtning o’zida munosabatlarni saqlab qolishga harakat qilmaganliklari uchun afsuslanishadi.

Yo’qotilgan do’stlar

“Agarda: Qanday qilib afsuslanishni imkoniyatlarga aylantirish kerak”, muallifi Nil Rouzning ta’kidlashicha, do’stidan ayrilish, odamlar uchun ko’pincha yaqinlaridan ayrilishdan ham qiyindir.

Kunduzi va kechasi bilan ishda hayot o’tkazib, do’stlaringiz bilan kam vaqt o’tkazsangiz, o’zingizni keyingi afsuslarga mahkum etasiz. Rouzning ta’kidlashicha, ko’plab so’rovnomalar shuni ko’rsatadiki, odamlar yo’qolgan do’stlikdan juda afsuslanishadi, chunki vaqt qancha ko’p o’tsa, haqiqiy do’stni topish shunchalik qiyin bo’ladi.

Uyidan eshikka chiqmasdan yashash turmush tarzi

Kun bo’yi stolingiz oldida o’tirib, charchoq deb. kechqurungi mashg’ulotlarni o’tkazib yuborish orqali, o’zini tashlab qo’yish juda oson. Biroq, jismoniy mashqlarnitashlab qo’yish nafaqat umumiy sog’lig’ingizga, balki samaradorligingizga ham ta’sir qiladi. Qarigan sari muntazam jismoniy mashqlar qilishga vaqt ajratish yanada muhimroq bo’ladi.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, muntazam mashqlar miyaning qarishini sekinlashtirishi mumkin (ba’zida 10 yilgacha). Doktor Saltzning so’zlariga ko’ra, yoshlar mashqlarni rad etishdan keyin, nima bo’lishini yaxshi bilishadi, ammo bunga katta ahamiyat berishmaydi.

Bizga hech narsa bo’lmaydi deb o’ylashga o’rganganmiz.

Afsuski, bunday emas. Shuning uchun sog’lig’ingizga ahamiyat berishingiz kerak.

Sog’likka beparvolik

Jismoniy mashqlar kabi, biz sog’ligimizga ahamiyat berish kerakligini unutamiz. Tibbiy tekshiruvlarni, shifokorga profilaktik tashriflarni e’tiborsiz qoldirmaslik va o’z vaqtida tekshiruvdan o’tish juda muhimdir. Agar siz bunga ahamiyat bermasangiz, tanangiz sizga yuborayotgan muhim ogohlantirish signallarini sezmasligingiz xavfi tug’iladi. Bunday holatda, shifokorlar sizga o’z vaqtida yordam bera olmaydilar. Ko’pgina kasalliklarda ularning qanchalik tez aniqlanishi juda muhimdir. Davolashning ijobiy natijasi bunga bog’liq.

Stressga ta’sirlik

Stressni boshqarish sohasidagi mutaxassislarning fikriga ko’ra, bugungi kunda haddan tashqari yuk va turli xil stress omillarining doimiy bosimi sharoitida, ko’p odamlar ushbu bosimlarga e’tibor bermaslik oqibatida aziyat chekmoqdalar.

Uzoq muddatli stress turli xil ruhiy kasalliklarga olib kelishi isbotlangan. Shuning uchun, sog’lig’ingizga zarar yetkazmasdan oldin, stressli vaziyatlarni qanday yengish kerakligini o’rganish juda muhimdir.

Psixologlar sizga ta’sir qiladigan barcha stress omillarini tahlil qilishga vaqt ajratishni maslahat berishadi. Siz buni o’zingiz qilishingiz yoki psixoterapevt yordamiga murojaat qilishingiz mumkin. Shunda siz dietaga o’tirmoqchi yoki chekishni tashlamoqchi bo’lganingiz kabi, kuch sarflab, ushbu omillar ta’sirini minimallashtirish uchun hamma narsa qilishingiz kerak bo’ladi.

Meditatsiya, jismoniy mashqlar va nafas olish kabi stressni boshqarish usullarini sinab ko’ring. Stressning tanangizga ta’sirini kamaytirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalaning.

Qo’rquv ostida qaror qabul qilish

Klinik psixologlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, odamlar o’tkazib yuborilgan imkoniyatlardan afsuslanishadi. Ular muvaffaqiyatsizlik, tanqid yoki boshqa salbiy oqibatlardan qo’rqib, haqiqatan ham muhim bo’lgan narsani tark etishganligidan afsuslanadilar. Tavakkal qilish va o’z orzulariga yergashish yoki ichki ovozini tinglash o’rniga, odamlar butun kelajakdagi hayotlariga ta’sir qiladigan noto’g’ri qarorlarni qabul qilishadi.

Bundan tashqari, qo’rquv ta’siri ostida, ko’pchilik o’zlarining printsiplarini buzishga tayyor bo’lishadi. Masalan, ishdan ayrilishdan qo’rqib, odamlar ko’pincha axloq, mehnatsevarlik va kasb mahorati haqidagi e’tiqodlariga qarshi harakat qilishadi. Vaqt o’tishi bilan ular ko’pincha bu harakatlaridan pushaymon bo’lishadi.

 

Albatta, “somonni yoyish” va afsuslanishdan qochishga yordam beradigan xatti-harakatlar strategiyasini ishlab chiqish juda qiyin. Biroq, endi siz ko’pchilik nimadan afsuslanishlarini bilasiz va siz ularning xatolarini takrorlamaslikka va hayotiy ustuvorliklaringizni to’g’ri belgilashga harakat qilishingiz mumkin. Nil Rouz shunday maslahat beradi:

Barchamiz u-bu narsadan afsuslanamiz. Biz ba’zi xatolarimizni kechira olamiz. Biz ratsionalizatsiyaga murojaat qilamiz va xatti-harakatlarimizni tushuntirish uchun sabablarni topamiz. Ammo yashash uchun juda qiyin bo’lgan pushaymonliklar ham mavjud. Shunday qilib, o’zingizni so’nggi kunlarini yashab kelayotgan chol sifatida tasavvur qiling. Siz nimadan ko’proq pushaymon bo’lar edingiz? Ehtimol, bu savolga javob berish, sizga to’g’ri tanlov qilishga va hayotingizni boshqacha yashashga yordam beradi.

Kommentlar: 17 komment. 17 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Afsuslanish, juda qiyin narsa… menda afsuslar ko’p, hayot juda qiyin narsa, ko’plab xatolar qilganman, ulardan juda afsuslanaman… sad

  2. такдер

    харбир ишнинг бир хайирли томони болади афсуслардан хуллоса чикарш керак йокса олднга кадам ташлолмай коласиз харбр инсон кокилади хатолар килади лекн кози очилади чунки оллох бзни шундай яраткан хаммамиз хом сут емган бандамиз.

  3. Afsuslanish ….. meni eng katta duwmanim deb óylayman kòp òylamay gapirib qòyaman yaqn insonlarmni wu sabab kòp hafa qlb quyganman bundan esa juda afsuslanaman!

  4. такдер

    ха тилга етбор елга етибор тилнинг суяги йок дешади демак уни тишни органиш керак

  5. Fazo.tv

    Salom do’stlar! Fikrlaringiz uchun katta rahmat! Nima deb o’ylaysizlar, afsuslanishdan tez qutilsa bo’ladimi?

  6. такдер

    салом ха болади ундан кутилш учн инсон озга яхши мативатсиа брса тезро котилад

  7. Fazo.tv

    Salom такдер! Fikringiz uchun katta rahmat! Afsuslanish odamlar hayotini qiyin qiladi, tilab qolamizki, insonlar ko’p afsuslanmasdan, barcha niyatlariga erishishsin! smile

  8. Такдер

    Салом Рахмат фазо тв

  9. Fazo.tv

    Salom salom do’stim, yaxshimisiz? hayotingiz yaxshimi?

  10. Такдер

    яна келдим! хозир хам зурсила!

  11. Man ham kòp afsuslanaman juda kòp buni sababi nimada

  12. Fazo.tv

    Salom Guli, afsuslaringiz nimadan kelib chiqadi?

  13. Moxi Marjon Malikaxon

    Men ham ko’p afsuslanaman qanday qilib chiqishim kk yordam bersangiz

  14. Assalom alaykum Unutib yuboring masalan men shunday qilaman bolgan ish o’ tdii ketdi ortga qaytmaydi va afsuslanishga arzimaydi

  15. Salom alaykum, qanday afsuslar bor sizda?

  16. Eh Aziza ayta oladigan insonlar bolganida eng birinchi men aytgan bolardim buni aytish uchun kattà kuch kerak

  17. Aziza eng katta afsusim nima aytaymi ilk bora shu yoshgacha hech kimni sevmay end I sevdim deb sevgiga ishona boshlaganimda xiyonat bilan javob qaytargani bolgandi end I faqat qalbimni olohga topshirdim olohim endi uni haqiqiy sevadigan sindirish u yoqda tursin menu xafa qilishni xoxlamaydigan insonini beradi insholoh shuni tushundimki haqiqiy sevgi bu shunchaki gaplashib yurish EMA’s uni baxtli qilish uni asray polish deb oyliman agar erkak ayolini sevsa ayol bariga bardosh topadi agar sevmasa erining bitta gapi uni qalbini vayron qiladi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social