Qanday qilib to’g’ri qo’ng’iroq qilishni bilasizmi?

Qanday qilib to’g’ri qo’ng’iroq qilishni bilasizmi?

Har kuni telefon orqali qo’ng’iroq qilamiz, biznes yoki shaxsiy suhbatlarni o’tkazamiz. Lekin baz’ida suhbat tugagach, yarim soat suhbatlashdik va savollar hal qilinmaganini tushunishimiz mumkin. Har bir suhbatni qanday qilib samarali qilish mumkin: faqatga quyidagi qoidalarga amal qiling!

  1. Salomlashish

Bunda siz uzoq suhbat boshlamoqchimisiz yoki qisqa suhbatmi bu muhim emas – birinchi navbatda salomlashing. Hech kim shunchaki xizmatdosh kabi munosabatni yaxshi ko’rmaydi. Hurmat ko’rsating – va bunga javoban hurmat topasiz.

  1. Tanishtirish

O’zigizni tanishtiring. Tanishtirish – nafaqat axloq qoida talabi, balki siz uchun foydali bo’lgan qadamdir – suhbatda suhbatdoshingiz sizga qanday ism bilan murojaat qilishni biladi.

  1. Qo’ng’iroq sababini aytish

Boshqa mavzuga o’tib ketmaslik uchun, darhol qo’ng’iroqning sababini ko’rsating: “Men masalani hal qilish uchun qo’g’iroq qilyapman…”

  1. Muammo va uning yechimi

Ba’zan siz qo’ng’iroq qilgan inson muommoni hal qilishga tayyor emasligi mumkin va boshqa ma’lumotlar bilan mavzudan qochishi mumkin. Shunday vaziyatda, masalaning mohiyatiga qayting va muomoni hal qilishga harakat qiling. Aks holda siz qimmatli vaqtni yo’qotishingiz mumkin.

  1. Natija

Agar muammoni hal qila olsangiz yoki savolga javob topsangiz, siz va sizning suhbatdoshingiz bilan navbatdagi harakatlarni oxirida ayting. “Shunday qilib, men hozir bu ishni qilaman, siz esa u yerga borasiz”. Agar buni qilmasangiz, keyingi qo’ng’iroq sizni va sizning suhbatdoshingizni chalg’itadi va siz ikkalangiz nima qilishingiz kerakligini unutasiz.

  1. Minnatdorchilik

Suhbatdoshingizga sizga ajratgan vaqti uchun minnatdorchilik bildiring. Bu ijobiy taassurot qoldirishga yordam beradi. Hech kim iste’molchi kabi munosabatni va ularning xizmatlari bilan foydalashini yoqtirmaydi. Aksincha, oddiy “rahmat” kayfiyatni yaxshilaydi.

  1. Xayrlashuv

Xayrlashmasdan turib telefonni qo’yish yaxshi fikr emas. Agar siz bu odam bilan yanada yaqinroq aloqa qilish niyatingiz bo’lmasa ham, xushmuomalalik bilan xayrlashing, chunki siz muloyim insonligingizni ko’rsatasiz.

Har qanday suhbatda mazkur qoidalarga rioya qiling va keyin har bir qo’ng’iroq samarali bo’ladi!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social