Telegram SIM-kartasiz ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini taqdim qildi

Telegram SIM-kartasiz ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini taqdim qildi

Endi ommaviy ijtimoiy tarmoqda akkaunt ochish uchun alohida xarid qilinadigan anonim raqamlardan foydalanish mumkin.

6 dekabr kuni Telegram ma’muriyati navbatdagi yangiliklar haqida, jumladan, SIM-kartasiz akkaunt ochish imkoniyati haqida xabar berdi. 

«Telegram orqali muloqot qilganda telefon raqamini begonalardan yashirish imkoni bor edi. Foydalanuvchi uni kimga ko‘rsatishni o‘zi hal qilishi va telefon raqami orqali o‘zini topishni taqiqlashi mumkin edi. Endi esa maxfiylikning yangi davri boshlandi. Bundan buyon Telegram akkauntini blokcheyn asosidagi anonim raqamlardan foydalangan holda,  SIM-kartasiz ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. Bunday raqamlarni Fragment platformasida xarid qilish mumkin», deyiladi ma’muriyat xabarida.

Bitta anonim raqamning narxi 9 TON (hozirgi kurs bo‘yicha deyarli 17 dollar) miqdorida belgilangan.

Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Komilov

    Qimmatku

  2. Тимур

    17 долларга телефон оладими одам диган?

  3. Shokir

    Zurku

  4. Otabek

    Telegramdan hamma foydalanadimi butta?

  5. Тимур

    Ну да

  6. Yusufbek

    victory victory

  7. Sardor

    Yaxwi yangilik

  8. Komil

    17 dollar qimmatmas, bitta tulisila iwlaturasila

  9. Adisa

    unknw

  10. Oybek

    Qatda kursa buladi?

  11. janona

    Bu kanal juda ham zor ekan yana bilmadm

  12. Тимур

    Канака канал?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social