«Qayg‘urma» so‘zining o‘rniga aytiladigan 3 jumla

«Qayg‘urma» so‘zining o‘rniga aytiladigan 3 jumla

Tashvishga tushgan kishini tinchlantirish uchun muammo haqida xavotir olmaslikni maslahat berishning o‘zi yetarli emas.

1. «Sizga qanday yordam berishim mumkin?»

Haqiqiy yordam har qanday tinchlantiruvchi so‘zlarga qaraganda yaxshiroq. Agar kishi og‘ir sharoitga tushib qolgan bo‘lsa, unga yordam berishga harakat qiling.

Ha, bu qo‘lingizdan kelmaydigan holatlar bo‘ladi. Biroq unga yordamga kelishga tayyor ekaningizni namoyish etasiz. Shu tariqa, kelajakda sizga ishonishi mumkinligini ko‘rsatasiz.

O‘sha kishiga yordam bera olmasangiz ham kimdir uni qo‘llab-quvvatlashini bilsa, u o‘zini ancha xotirjam his etadi.

2. «Nimani his etayotganingizni tushunaman»

Biror narsa tufayli xavotirlanganingizni yodga oling. O‘sha fursatlarda o‘zingizni juda yolg‘iz his etgansiz. Yoqimsiz narsa yuz berganida mazkur vaziyat faqat biz bilan sodir bo‘ldi degan fikrga moyilmiz. Aslida esa bunday emas.

Agar xuddi shunday vaziyatni boshdan kechirgan bo‘lsangiz, o‘z tajribangizni o‘sha kishiga so‘zlab bering. U sizga ishonadi va o‘zini ancha yaxshi his etishni boshlaydi. Uni qanday yengish bo‘yicha o‘z maslahatlaringiz bilan o‘rtoqlashing. Sizning misolingizda boshiga tushgan vaziyat hal etilishi mumkinligini anglasin.

3. «Bu haqiqatan ham dahshatning o‘zginasi»

Barcha harakat va istaklaringizga qaramay, hammaga birdek yordam berishga qodir emassiz. Biroq o‘sha odamga ko‘nglini bo‘shatish imkonini berishingiz mumkin. Odamning         yonida zarur vaqtda uni tinglaydigan va hamdard kishi bo‘lganining o‘zi qanday yaxshi.

Maslahat va ko‘mak berolmaysizmi? O‘sha odamning muammosini tan oling va unga ichidagilarni aytib olish imkoniyatini bering.

Shu yo‘l bilan sizga o‘z hislarini ochiq aytishi, kechinmalarini o‘rtoqlashishi mumkinligini tushunish imkoniyatini berasiz.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. musulmanka

    albata shulaga roya qilishga harakat qilaman.Ju8da foydali maslahatlar smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social