G’arb madaniyati inson qanday qilib tashqi dunyoda faol bo’lishi mumkinligi haqida katta tajriba to’plangan. Sharqiy madaniyat esa qanday qilib ichki tinchlikni saqlab qolish haqidagi katta tajribaga ega. Endi shu ikki narsani hayotda birlashtirib ko’ring. Bir tomondan, juda faol odam bo’ling va tashqi dunyoda ham biron narsaga erishing. Boshqa tomondan, o’zingizda tinchlikni toping va uni saqlab qoling. Shunday hayot tarzini o’rganishni xohlaysizmi? Bu juda qiziqarli va boshqa tomondan imkonsizdek tuyulishi mumkin.
Hayotda nimagadir erishib va shu bilan birga ichingizda tinchlikni saqlab qolishning iloji bormi?
Agarda siz uni o’zingizga maqsad sifatida qabul qilsangiz, buning iloji bor. Hayot bizning istaklarimizga javob beradi. Bu uning eng asosiy qonunlaridan biri hisoblanadi. Keling shu ishlarni amalga oshirishda kerak bo’ladigan 4 ta qadamlarni ko’rib chiqamiz:
- Birinchi va eng muhim qadam, ma’lum bir maqsadga erishish uchun istakni rivojlantirish. Faqatgina bir narsaga erishishga jur’at eting.
- Ikkinchi kerak bo’lgan narsa – bu nima istashingizni aniq tasavvur qilishdir. Maqsadni ixchamlashtiring. Shu tariqa, siz maqsadingizni mustahkamlashtirasiz va shaxsiy energiya manbaini yaratasiz.
- Uchinchi qadam mo’ljallangan maqsadga to’g’ri harakat qilish uchun bilim olish. Bilimni qayerdan topish mumkin? Bilim olish niyati bilan harakatlaning va ularni topish uchun kuch sarflang va bilim albatta keladi. Kimdir sizga “tasodifan” bir narsa aytib beradi yoki kimdir sizga “tasodifan” o’qishga kitob beradi, siz “tasodifan” seminarga borib qolasiz va hokazo.
- To’rtinchi qadam. Olingan bilim bilan foydalanish kerak va uni tajribada qo’llash zarur bo’ladi. Bunday vaziyatlarda sizga katta tajribaga ega bo’lgan insonlar kerak bo’ladi. Qanday qilib bunday insonlarni topish mumkin? Qidiring albatta topasiz, taqillating sizga ochiladi.
Bu Bibliyada yozilganmidi?
Shunday.
Hmmm