10001 usul

Insoniyatning hayoti juda ham qiziqarlidir. Mana dunyoga kelibmizki hayotning past va balndliklariga to`qnash kelamiz.  Insonning hayoti turg`un emas. U xuddi tog`dagi balandliklaru, cho`ldagi qumlik tekisliklariga o`xshaydi. Hayotimizda turli xil vaziyatlar, xursandchilik damlari, rivojlanishlar, muvaffaqiyatlar va shuningdek  hayotimizda inqirozlar,mag`lubiyatlar va muvaffaqiyatsizliklarxam bo`lib turadi.

Muvaffaqiyatsizlik va mag`lubiyatga uchraganimizda shuncha qilgan mehnatimiz va hatti xarakatlarimiz xammasi bekor ekanligini ko`rib, tushkinlikga tushamiz va umidimiz so`nadi. Aksariyat hollarda biz butun e`tiborimizni o`zimizning  muvaffaqiyatsizligimizga va mag`lubiyatimizga qaratamiz. Lekin hech o`zingizga savol berganmisiz. “Men shu muvaffaqiyatsizlik va mag`lubiyat orqali nima o`rgandim?”

Statistik ma`lumotlarga ko`ra insoniyat o`tib ketgan voqealar, xatolar va kamchiliklar xaqida 80% fikrlar ekan. Kelejak xaqida, esa atiga 20%gina fikrlar ekan.

Dar xaqiqat biz ishimizdagi, biznesimizdagi yoki hayotimizdagi muvaffaqiyatsizliklar va mag`lubiyatlarga shunchalik ko`p e`tibor qilishimiz shartmikan? Balkim hayotimizdagi xatolar va muvaffaqiyatsizliklar xaqi 20%  fikirlab, shu muvaffaqiyatsizlik va  xatolarni  takrorlamaslik uchun 80% e`tiborimizni qaratishimiz yaxshiroq emasmikan?

1880 yilda Mashxur Olim Tomas Edison texnologiya tarixida juda katta o`zgartirish kiritdi. U ilk bor lampochkani yaratdi. Edison lampochka yaratishda 10000 marta xarakat qilgan lekin barchasi samarasiz bo`lgan. Ko`pchilik uning izlanishini va yaratmoqchi bo`lgan ixtirosini ahmoqlik deb aytishar edi. Lekin Edison bunday gap so`zlarga qaramasdas izlanishda  davom etdi. Faqatgani 10001 marta qilgan xarakati unga samara olib keldi. Edison lampochkani yaratish uchun to`g`ri yo`lni topdi. O`sha vaqtda undan so`rashdi: “Nege sen xammasini tashlamading, axir sen 10000 marta muvaffaqiyatsizlikga uchradingku”. U shunday javob berdi: “Men lampochkani yonmaslikning 10000 usuluni ko`rib chiqdim xalos”.

Hayotingizda biron bir ishni 10001 marta qilib ko`rganmisiz?  Nima uchun biz izlanishdan to`xtashimiz kerak?  Nima uchun biz o`tgan xatolarimizga qarab afsus chekishimiz kerak? Hamma ham xato qiladi. Birdaniga muvaffaqiyatga erishishimiz qiyin. Bu xatolar  aksincha bizga nimani o`rgatdi? Shu xatolar va kamchiliklarning samarasi bizga nima berdi? Endi kelajakda shu xato va kamchilikni qilmaslik uchun qanday yo`l tutishimiz zarur? Xalqimizda bir naql bor: “Intilganga Tole yor”

5

Men bir xaqiqatga aminmanki, sabr-qanoat  tajribakorlikni, tajribakorlik esa umidni hosil qiladi. Umid esa bizga kelajakga ishonch va hayotga bo`lgan intilishni tug`diradi. Shunday ekan, oldinga intilishimiz va harakatimizni susaytirmaylik. Hayotingizdagi chin yurakdan qilgan barcha  xatti xarakalaringiz va intilishlaringiz samarasiz qolmaydi.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    Qoile!!! Edisonni 10001 marta urunishida lampochkani yaratganini eshitmagan ekanman.

  2. Жасур

    ха бечара Эдисон не кунларга колган эди smile энди эса бизда лампочкалар бор, молодец Эдисон ака фойдали иш килди!

  3. Номаълум

    Ха хаётда тажриба жуда мухим рол уйниди. Инсонда канча куп тажриба буса унди шунча куп имкониятлар булади.

  4. azamat

    zor maqola, gap yoq! namunasini xam yaxshi keltirishdi!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social