Qizlarimizni jasur, o‘g‘illarimizni mehribon qilib tarbiyalaylik

Qizlarimizni jasur, o‘g‘illarimizni mehribon qilib tarbiyalaylik

“Qizlarimizni o‘qitaylik, mustaqil bo‘lishsin, eriga qaram bo‘lmasin” degan gaplar ko‘paydi. Qo‘shilaman. Ammo o‘qishi, ish va daromadga ega bo‘lishining o‘zi yetmaydi. Qizlarimizni jasur qilib tarbiyalashimiz kerak. Afsuski mustaqil va kuchli ayol jasur ham bo‘lishi kerak. Ayniqsa, bizning jamiyatda…

Qanday jasorat kerak?

O‘z taqdirini o‘zi hal qila olish jasorati. “Odamlar nima deydi?” deb o‘ylamaslik jasorati. Biz, shu jumladan men, “qizlarimiz unday qilsin, bunday qilsin”, demasligimiz kerak. Bunga hojat bo‘lmasligi kerak. Ammo ularning jasoratlarini qo‘llab turishimiz kerak.

Albatta, jamiyatdagi an’analar, ijtimoiy rollar, “ramkalar” o‘zgarmasidan, bunday jasoratni osongina ezib tashlaydiganlar yetarli bo‘ladi, deyishingiz mumkin. Xuddi shunday. Ammo dengiz tomchilar yig‘indisi bo‘lganidek, jamiyat – individlar yig‘indisi. Har kim o‘zidan boshlasa, jamiyat o‘zgaradi.

Xo‘p, qizlarni jasur va mustaqil qilib tarbiyalaylik dedik. O‘g‘il bolalar-chi?

O‘g‘il bolani ham yoshlikdan ayollarni hurmat qiladigan qilib tarbiyalashimiz kerak. O‘zi hurmat ko‘rmay umri o‘tgan onalar tarbiyada alamzada bo‘lmay, aksincha, “o‘g‘lim otasi meni ezganidek kelinimni ezmasin”, deyishi kerak.

Otalar o‘g‘illari bilan ochiq, kerak bo‘lsa qattiq gaplasha olishi kerak bu mavzuda. O‘g‘il bola hurmatni otadan o‘rganishi kerak. Afsuski, bizda kamdan kam ota bu haqda o‘g‘liga gap ochadi. Ko‘p gaplar muhokama qilinmaydi, ichga yutiladi, andisha qilinadi. Natijada fojia bilan tugashi mumkin.

Men psixolog emasman, tarixchiman, ammo bolalik davrimiz keyingi umrimizga, fe’limizga qanchalik ta’sir o‘tkazishini yaxshi tushunaman. Tugal mehr va toza idrok bilan o‘sgan farzand mehribon bo‘ladi, o‘ziga ishonadi, birovni kamsitmasdan, to‘kis hayot kechiradi. Kuchli va jasur bo‘ladi.

Bunday insonlar yig‘indisi bo‘lgan jamiyat ulg‘aygan jamiyat bo‘ladi. Undagi eng yuksak qadriyat – inson qadri bo‘ladi. Ulg‘ayishda mukammallikka erishgan jamiyat yo‘q, chunki hamma joyda manfaatlar to‘qnashuvi bo‘ladi. Ammo asosida hurmat va umumiy maqsadlar yotgan to‘qnashuv hamisha yomon narsa emas.

Bu jarayonlar chambarchas bog‘liq va vaqt o‘tishi bilan albatta natija beradi. Bitta yaxshi tarbiya olgan erkak sog‘lom fikrli o‘g‘ilni, o‘z qadrini biladigan qizni katta qiladi. Ayolga buyum yoki jinsiy manba sifatida qaramaydigan odamlar paydo bo‘lishi uchun avlodlar ketar, ammo bu imkonsiz emas.

Behbudiy aytgan, adashmasam: haq berilmas, olinur, deb. Hozirda ba’zi konservativ vatandoshlarimiz nihoyatda hayiqadigan, tinimsiz yomonlaydigan haq-huquqlar, ayollarning haq va erkinliklari aslida asrlar davom etgan kurash mevalaridir. Bularga erishish uchun ko‘p ayol-u erkak jonini bergan.

Asosan g‘arbda berilgan bu qurbonlar bizga tegishli emas, bu huquqlar bizga kerak emas, deydiganlarga ishonmang. Chunki bu qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlardir. Bularga ishonmagan odamlar bilan hech qachon demokratiya haqida jiddiy suhbat qurib bo‘lmaydi, konsensusga kelib bo‘lmaydi.

Tarixdan yana bir narsa ma’lum: jamiyatda kuch va mavqega ega guruh uni osonlikcha topshirib qo‘ymaydi, u xoh zamindor sinf bo‘lsin, yo yerlik aholi, yo viloyatdan kelganlarni yoqtirmaydigan poytaxtliklar, yo ERKAKLAR bo‘lsin. O‘zi uchun foydali vaziyatni o‘zgartirmaydi, o‘zgarishiga to‘sqin bo‘ladi.

Bu tabiiy holdir. Jamiyatda hamma bir-birining fikriga qo‘shilib yashashi kerak, degani emas. Bunday bo‘lishi imkonsiz ham. Ammo oxir-oqibatda har bir inson o‘zi xohlagan muomalani boshqalarga qilsa, o‘zi adolat istab boshqalarga odil bo‘lsa, ijtimoiy ishonch degan ko‘rsatkich orta boradi.

Bu ko‘rsatkichni mehr-oqibat yo din-u diyonatga bog‘lash mumkindir, ammo aslida uning negizida oddiy “o‘zaro manfaat” yotadi. Jamiyatda boshqalarni hurmat qilsangiz, sizni hurmat qiladiganlar ko‘payadi. Hamma hurmat qilmaydi, albatta. Ammo ishonch ishonchsizlikdan ko‘proq bo‘ladi.

Qisqasi, men bu bosqichdan o‘tishimizga ishonaman, chunki ortga tortuvchi kuchlar borligiga qaramasdan aksar yoshlarimizning insoniyligiga ishonaman. Insonga jinsi va boshqa belgilaridan qat’iy nazar “inson” deb muomala qilsak, hammasi yaxshi bo‘lib ketadi.

Kommentlar: 34 komment. 34 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Жуда тугри езилган!!!

  2. Gulli

    Assalom alaykum juda togri ajoyib yozilgan maqola lekin boshqalarni bilmadimu bizni oilada qiz bolaga hecham tanlash huquqini berilmagan na menga na mendan oldingilarga chunki had ishda odamlarni gap sozi deb had bitta kiyim yurish turish

  3. Gulli

    chunki dadamni yoshi kattaliki sababli eskilika amal qiladilar

  4. Тимур

    Афсус жуда куп оилаларда шундай. Кизларни одам каби куришмиди. Баъзи оилаларда кизлани буюм каби куришади, бойрок эрга бериш нияти билан

  5. Shodiya

    Juda tog’ri yozilgan

  6. Gulli

    ha togri aytingiz shu yol bilan hayotini ham yaxshilaydi deb bir ahvolga solishadi keyin peshonasida bor ekan deb aytishadi kormagan bilmagan odamiga berishadiku u bilan qanday yashaydi bilmaydi

  7. Gulli

    odamlar gap qilmasin deya erta turmushga berishadi qizining konglini ham sorab otirmaydi yaxshi oila ekan boldi aytadigan gapi shu xolos

  8. Тимур

    Ха тугри этас, кейин одамла нима дийишади диб, ажрашишгаям йул куйишмиди, эри урсаям чида дийишади.

  9. Gulli

    ha togri by aniq key in umri kuyib otgani qoladi

  10. Gulli

    key in butun umr ota onasini ayblab yashaydi sizlar aybdorsizlar deya

  11. Тимур

    Ха, камида шундай булади, ёмони биъзалари жонига касд килишади.

  12. Gulli

    ha togri aytdiz kopincha shunday hollar kuzatilgan

  13. Javlonxon

    Afsus bizda bunday uzgariwlar buliwiga iwonmiman. Otalar qizlariga narsadek qarawni davom ettiriwadi. Qayerdan bunday holat paydo buganini he4 kim bilmidi. Lekn buni uzgartiriwga harakatam qiliwmidi.

  14. Gulli

    Assalom alaykum ha togri aytingiz by eskilardan qolgan odat menimcha shunday

  15. Aziza

    Salom alaykum, wunday maqolalar har bir qizga yetib borsin. Wunga umid qilaman. Ota onala qizlani yerga uruwmasn. Ulani hurmat qilib, uqitiriwsin. Jasur qizla buliwsn. Eridan zavisimiy buliwmasn.

  16. Gulli

    ha togri aytàsiz Aziza lekin tushunmaganlar baribir tushunmaydi qulogini tagida tambur chirtsa ham togrimasmi

  17. Aziza

    Ha wunday. Lekn nimadir qilib, buni uzgartiriw kere manim4a

  18. Sevara

    good good good

  19. Tohir

    Yaxwi fikr.

  20. Gulli

    ha balki albatta shunday yol tutish kerakdir ammo qanday qilib bilmadim

  21. Тимур

    Хаммаси бизадан бошланади. Болаларимизни жасур, одобли, мехрибон ва бир биримизни хурмат киладиган килиб котта килишимиз кере.

  22. Sarvinoz

    Meni erga berishmoqchi, sevmaydigan insonimga, nima qilsam bo’ladi?

  23. Sa

    good rahmat

  24. Aziza

    Turi etas Timur aka.

  25. Bobur

    Qiziq qiziq…

  26. Rustam

    Shunday bosin

  27. Shavkat

    good

  28. Komil

    Xudo hohlasa hammasi wunday buladi

  29. Eldor

    Juda to’g’ri yozilgan

  30. Lola

    smile

  31. Sarvinozxon

    Oilam shuni tushunishganda edi…

  32. Otabek

    Nima buldi?

  33. Sarvinozxon

    Hammasi qiyin…

  34. Oybek

    good good search

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social