“Qo’yib yuborish” qobiliyati

“Qo’yib yuborish” qobiliyati

Hindistonda maymunlarni qo’lga olishning bitta hiyla-nayrangi mavjud. Ovchilar kokos yong’og’ini olib, uni ichini maymunlar qo’li sig’adigan darajada o’yishadi.

Keyin boshqa uchidan ikkita kichik teshik ochiladi va shu teshiklardan arqon o’tkaziladi. Bir daraxtning shoxida arqon yordamida kokos osilinadi va kokosga banan joylashtiriladi.

Maymun kelib, qo’lini kokos yong’og’iga tiqadi va bananni ushlaydi, ammo uni kokos yong’og’i ichidan tortib ololmaydi. Teshik kaft sifatida kirish uchun qilingan, ammo musht sifatida chiqolmaydi.

Maymun ozod bo’lishi uchun qilish kerak bo’lgan yagona narsa, bananni qo’yib yuborishdir. Biroq, ko’plab maymunlar bunday qilmaydi va ovchilarga o’lja bo’lishadi.

“Qo’yib yuborish” qobiliyati eng muxim kalitlaridan biridir.

Ko’pincha ongimiz bizni aqlimizga qaramasdan, maymunlarning mushti kabi bizni asir qiladi.

Bizning ongimiz doimo ma’lum fikrlar, hissiyotlar va vaziyatlarga bog’liq bo’lib, ularni yana tasavvur qilishga majbur qiladi. Yoki, aksincha, ularni yo’qotish uchun harakat qilishadi, chunki ular unga yoqimsiz ko’rinadi.

Shunday ekan, donolik bilan fikr yuritib, o’ylab ko’raylik. Biror narsani olaman deb, uning o’ziga asir tushib qolmaylik.

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Zo’r good

  2. Hammani qoʻyib yuborishga kuchim yetadi lekin oʻzimni qoʻyib yuborolmayapman sorry

  3. Qayerga? sad

  4. Yani erkin boʻlolmayman har doim Ota Onam xoxishi uchun oz orzu maqsadlarini yoʻq qilib ulardan voz kechib keldim bu man uchun xuddi eng yomon fojiadek taʼsir koʻrsatadi

  5. O’zmga yaqin bo’lgan odamlarni qoyib yuboriwga kuchim yetmatapti lkn ular mandan ketiwni istawadi nma qliwni blmayapman agar ularni chopvorsam qande yaweman ekan dep o’ylab qolaman bazida ularsiz ham kunim o’tadi ku dep chopiwga harakat qlaman lkn bolmayapti sorry

  6. Armonim qancha harakat qilmang ketadigan odam baribir ketadi ularni oʻz xoliga qoʻyish kerak balki qiyin boʻlar lekin baribir qars ikki qoʻldan chiqadi sizni harakatiz boʻlgani bilan ikkinchi odam harakat qilmasa foyda yoʻ

  7. Toģri etasz opo man ham bazida wu narsalarni o’ylab qolaman.. Mana hozr mk yoq hammani o’z holiga qoyib bergan edim ketedigon odam ketb yana qaytib keliwdi. Ularni kechiriwim mumkin lkn qilgan iwini hech qachon unutmiman man ularni olloh uchun kechirganman holos yes

  8. Togri qilasiz Asalim Allah kechirimlilarni yaxshi koradi

  9. Ha guli “faqatgina alloh uchun kechirin” dep ota onam o’tgatiwgan smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social