Raqamli zerikish davri: nega biz ijtimoiy tarmoqlarga qiziqishni yo‘qotyapmiz

Raqamli zerikish davri: nega biz ijtimoiy tarmoqlarga qiziqishni yo‘qotyapmiz

Do‘stlar bilan chatda kulgili reelslar yoki memlar almashish endi avvalgidek zavq bermayapti. Nega bir daqiqalik kulgi birdan kundalik odatga aylanib qoldi?
Nega bo‘shliqni to‘ldirish uchun tobora ko‘proq reels va memlar kerak bo‘lyapti? Tezkor dofamin bizni iste’mol qilayotgan kontentdan tobora ko‘proq narsa kutishga majbur qiladimi? Bu savollarga “Senda hammasi bor” va “Bo‘lish, uyalmay” kitoblari muallifi, psixolog Tatyana Fisher javob berdi.

Inson va to‘yinish chegarasi

Inson tabiatan to‘yinishni his qiladi. Shu sababdan kechagi eng sevimli mashg‘ulot bir kuni juda zerikarli va ahmoqona tuyulishi mumkin. Kechagina quvonch bergan narsa birdan charchatadi yoki hafsalani pir qiladi. Bu holat faqat ish yoki hobbi bilan cheklanmaydi — atrof-muhit, yashash joyi, hatto ijtimoiy tarmoqlar lentasini varaqlash kabi hordiq shakllariga ham taalluqli.
Har kuni yuzlab yangi kulgili reelslar paydo bo‘ladi, TikTok esa tobora murakkab va jozibali trendlarni o‘ylab topadi. Ammo avvalgidek yuzimizda tabassum yo‘q. Axir qiziqarli videolar ham endi quvonch bermayaptimi? Aslida, bu tezkor dofaminga qaramlikning eng yuqori nuqtasi bo‘lishi mumkin.

Telefon — qo‘lning davomiga aylanganda

Ilgari tugmali telefon davrida uni uyda unutish odatiy hol edi. Endi esa uyni tark etayotganda avtomatik tarzda kalit, hamyon va telefonni tekshiramiz. Telefon qo‘limizning bir qismi bo‘lib qoldi. Uni uyda qoldirsak, butun kun bezovtalik bilan o‘tadi: “Agar kimdir shoshilinch qo‘ng‘iroq qilsa-chi?”, “Agar meni topa olmasalar-chi?” va hokazo.

Birinchi mobil telefon 1973 yilda paydo bo‘lgan — katta, og‘ir va faqat juda boylar ololadigan qurilma edi. 1992 yilda esa birinchi sensorli telefon savdoga chiqdi.
Bugungi telefon esa suratga olish, eslatma yozish, qadamlashni o‘lchash, hisoblash, butun dunyo musiqasini tinglash va eng muhimi — muloqot va hordiq vositasi.

Bugungi shiddatli hayot va doimiy stress sharoitida ko‘plar odat qilib olgan: telefonni qo‘lga olib, elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarni tekshirib, yana qo‘yib qo‘yish. Bu xatti-harakat asab tizimini tinchlantiradi: miyaga “hammasi joyida, nazorat ostida, yashashni davom ettiramiz” degan signal boradi.

Olimlar aniqlashicha, insondan telefonni olib qo‘yish kortizol (stress gormoni) darajasini oshiradi. Telefonni tekshirib, hech kim yozmaganini bilish — miyaga yengillik beradi. Natijada miyada oddiy bog‘liqlik shakllanadi: harakat (ijtimoiy tarmoqlarni varaqlash) = natija (xotirjamlik).

“Miya uchun fast-fud”

Agar siz ijtimoiy tarmoqqa nimadir joylashtirsangiz, qoniqishni like sonida topasiz. Yana va yana o‘zingizni qadrli his qilish uchun ko‘proq joylashtirish kerak bo‘ladi. Har bir like — kichik virtual mukofot, yoqimli tuyg‘u manbai.

Telefon va ijtimoiy tarmoqlar bizni real hayotdan “o‘chirib qo‘yadi”. Lentani varaqlab, qiziqarli maqola yoki foto topish — bu kattalar ishlaridan qisqa tanaffus, ba’zan esa kimdandir qochish usuli.

Bu kichik va katta qoniqish lahzalari miyamizda dofamin chiqarilishiga sabab bo‘ladi. Dofamin — “zavq valyutasi” yoki “mukofot elchisi” deb ataladi.

Ammo eng tez va arzon dofamin manbai — reelslarni skrollash. Buning uchun bitta barmoq harakati kifoya: algoritm sizning e’tiboringizni tortadigan videoni o‘zi tanlaydi. Bunga qarshi real odamlar bilan uchrashish, gaplashish — ko‘proq kuch talab qiladi. Miyaning “erinchoqligi” tufayli u “miya uchun fast-fud”ni tanlaydi.

Nega bizga zerikarli bo‘lib qoldi?

Dofamin tez-tez chiqarilganda miya reseptorlari unga kamroq sezgir bo‘la boshlaydi. Natijada avvalgi zavq darajasiga erishish uchun kuchliroq stimullar kerak bo‘ladi.
Buning ortidan real hayot ham rangsiz va mazmunsiz ko‘rina boshlaydi, chunki kunlik dofamin “zaxirasi” ijtimoiy tarmoqlarni varaqlashda sarflanadi. Endi telefonni olish — zavq uchun emas, balki zerikish va tushkunlikdan qutulish uchun qilinadi.

Bu — qaramlikning odatiy aylanish jarayoni: toqatsizlik ortadi → kuchliroq kontent izlanadi → dofamin chiqariladi → real hayot rangsiz bo‘ladi → yangi kontent izlanadi → toqatsizlik ortadi.

Agar siz ijtimoiy tarmoqlardagi tezkor dofaminga qaram ekaningizni sezsangiz, yechim ham shu joyda — kirish eshigida. O‘z virtual odatlaringizni anglash, ijtimoiy tarmoqlardan avtomatik foydalanmaslik, harakatdan oldin pauza qilish kerak.

Va eng asosiysi, o‘zingizdan halol so‘rang: men real hayotda nimadan qochyapman, nega virtual hayotni tanlayapman?

Kommentlar: 11 komment. 11 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Odam charchadi sotsetladan torisi

  2. Boshqalani ideal hayotini korish jonga tegdi

  3. Hozirda hayot ozi qiyin bolib ketgan, boshqalani hayotiga qarasez, undanam kayfiyat tushib ketadi

  4. Shuni uchunam kirmi qoydim, charchadim korishni bularni

  5. Reels tiktokla ham qizumas hozir, kuldiradigan videolar juda kam

  6. Bilmadim, balki mendadir faqat shunday

  7. Sotsetla faqat hayotni zaharlaydi

  8. Balki odamlar haqiqiy hayotga qaytishga harakat qilishyapti?

  9. Shunaqa bolishi mumkin, katta muammo reels tiktokla hammasi bir xil bopketgan, tez jonga tegadi

  10. Ulugbek

    A chunki odamlada aql yo, bir birini faqat takrorlashadi

  11. Shaxzod

    Man har kuni 2-3 soat otiraman

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social