Bezovtalikdan qanday qutulish mumkin?

Bezovtalikdan qanday qutulish mumkin?

Biz istaymizmi yo’qmi, hayotda bezovtaliklar bo’lib turadi. Qisqa muddatli bezovtaliklar sababi o’tib ketgach, bezovtalik ham yo’qoladi. Biroq juda uzoq muddat bezovtalikdan, ko’ngil hotirjam bo’lmasligidan qanday qutulish mumkin?

Buning uchun avvalo bu bezovtalikning sababini topish lozim. Hammada bu narsaning sababi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, kishi o’zi sevmagan ish bilan shug’ullanayotgan bo’lsa ham, yuragi hotirjam bo’lmasligi mumkin. Bunda kishi juda ham majburlikdan, pul topish uchun, burnidan sudraganday bo’lib ishiga borib keladi. U ishidan qoniqmaydi, qilgan ishidan xursand bo’lmaydi. Biroq ishga boshqa tomondan yondoshilsa, buning ham ilojini topsa bo’ladi. Kishi hozir egallab turgan ishiga ijobiy munosabatda bo’lsa va o’zida qanoatlanish hissini orttirsa, albatta hayotida o’zgarish bo’ladi.

Aslida bezovtalikning ildizi bo’ladi. Ya’ni bizda biror bir xodisa ro’y bergan bo’lishi, kimgadir qattiq gapirgan bo’lishimiz, o’zimiz istamagan holda kimnidir dilini og’ritgan bo’lishimiz mumkin va shunga o’xshash narsalar. Agarda shunga o’xshash narsalar sizda sodir bo’lgan bo’lsa, siz birinchi bo’lib qadam tashlang. Masalan, munosabatda muammomi? Siz birinchi bo’lib kechirim so’rang. Agar siz birinchi qadam qo’ysangiz, bunda birinchi sizga katta foydasi bor, ya’ni bezovtalik degan narsadan qutulasiz va bu hayotingizga ijobiy ta’sir qiladi.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Ismigul

    Judayam manli maslahatla yozibsila kònglim tinchidi

  2. BAXT

    ha tog’riiii meniyam qandedur ko’ngkin yengilladiiiii

  3. @raximov._oo2

    мен битта кизни йахши кориб калдим у унинг йаши 31 меники еса 24 гап унинг йашидамас у1 гурих нагиран у хайатда коп сикилган тушинган тушинади агар уни орнига озингизникойиб корсангиз биласиз уйагига гапиришни хахламиман нима дешишнийам билмайман бу гапларни гапиришим тщогрими натогрими билмайман

  4. Aziza

    Nimasi notogri?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social