Ruhiy qashshoqlik nima va undan nega zudlik bilan qutulish kerak?

Ruhiy qashshoqlik nima va undan nega zudlik bilan qutulish kerak?

Ruhiy qashshoqlik bu inson o‘zini imkoniyatlar, resurslar va yutuqlar borasida ongsiz ravishda cheklovchi tafakkur turi hisoblanadi. Bu shunchaki o‘ziga ishonmaslik emas, balki insonning o‘sishiga, rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan, ongida chuqur ildiz otgan noto‘g‘ri tushunchalardir. Bunday holat hayotning turli jabhalarida — moliyaviy, kasbiy yoki shaxsiy sohalarda namoyon bo‘lishi mumkin. Bu atama haqida Rossiyalik psixolog Viktoriya Silka batafsil tushuntirdi.

Ruhiy qashshoqlikning belgilari:

🔹 Yetishmovchilik haqida fikrlar — doim nimadir yetishmayotgandek his qilish: bunday odamlar har doim o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erisha olmaslik uchun sabab topadi.

🔹 O‘zini boshqalar bilan solishtirish — boshqa insonlarning yutuqlarini tahlil qilish va o‘zini past ko‘rish. Bu odamlar ko‘pincha faqat boshqalarning muvaffaqiyatiga qarab yashaydi, o‘zining erishgan narsalarini unutadi.

🔹 Muvaffaqiyatdan qo‘rqish — komfort zonadan  chiqishga nisbatan ichki qo‘rquv. Ular ba’zida o‘zining yutuqlarini o‘zi buzadi, chunki o‘zgarishlardan qo‘rqadi.

🔹 O‘zini qurbon qilish — doim boshqalarning manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yish odati. Bunday odamlar o‘z istaklari va ehtiyojlari uchun o‘zini aybdor his qiladi.

🔹 Erishgan narsalarni qadrlamaslik — o‘zining yutuq va iqtidorlarini tan olishni bilmaslik. Bunday odamlar muvaffaqiyatlarini baxt yoki tasodif deb hisoblab, o‘zini zaiflashtiradi.

Ruhiy qashshoqlikning xavfi nimada?

Psixologik qotib qolish — ruhiy qashshoqlikning birinchi va eng aniq belgisidir. Inson bir joyda to‘xtab qoladi, motivatsiyasini yo‘qotadi va asta-sekin yomonlashadi. Rivojlanish umuman bo‘lmaydi.

Doimiy o‘zini boshqalar bilan solishtirish oqibatida ijtimoiy izolyatsiya yuzaga keladi. Inson o‘zining “kamchiliklarini” ko‘rsatishdan qo‘rqib, muloqotdan qochishni boshlaydi. Bu esa yopiq aylana hosil qiladi: muloqot qancha kamaysa, izolyatsiya hissi shuncha kuchayadi.

Moliyaviy qiyinchiliklar — odamning o‘z imkoniyatlariga ishonmasligi va o‘zini cheklashi natijasidir. Inson moddiy holatini yaxshilash imkoniyatiga ishonmaydi, bu esa doimiy moliyaviy muammolarga olib keladi.

Oilaviy qarashlar ruhiy qashshoqlikning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. “Pul yomon”, “boylarning hammasi yomon”, “oliy ma’lumot muvaffaqiyatni kafolatlamaydi” kabi iboralar bolalikdan ong ostiga singdiriladi. Bu qarashlar avloddan-avlodga o‘tishi mumkin. Ijtimoiy muhit esa bu qarashlarni kuchaytiradi. Agar sizning atrofingizda shunday fikrlovchi odamlar ko‘p bo‘lsa, bu doiradan chiqish qiyinlashadi. Muhit umumiy e’tiqod, qadriyat, fikrlash tarzini va xulq-atvorni shakllantiradi.

Shaxsiy muvaffaqiyatsizliklar esa salbiy ishonchlarni mustahkamlaydi. Bir muvaffaqiyatsizlik ko‘plab imkoniyatlarni bekor qilishi mumkin. Muhimi shundaki, muvaffaqiyatsizliklar maqsadga erishish yo‘lida oddiy qism hisoblanadi.

Ruhiy qashshoqlikdan qanday qutulish mumkin?

  • Ishonchni o‘zgartirish — ruhiy qashshoqlikdan qutulishning birinchi qadami. O‘zini cheklovchi qarashlarni aniqlab, ularni qayta ko‘rib chiqish kerak. So‘zlaringiz va fikrlaringizni tahlil qiling. Salbiy qarashlarni ijobiylari bilan almashtiring. Zarur bo‘lsa, psixologga murojaat qiling.
  • Maqsad qo‘yish — yangi kelajak tasavvurini yaratishga yordam beradi. Aniq, o‘lchab bo‘ladigan va erishish mumkin bo‘lgan maqsadlarni belgilang. Maqsadlar real bo‘lishi va vaqt bilan cheklangan bo‘lishi lozim.
  • O‘xshash fikrli do‘stlar muhiti motivatsiyani qo‘llab-quvvatlaydi.
  • Fikr yuritish o‘rniga harakat qilish — ruhiy qashshoqlikni yengishning asosiy tamoyili. Hatto kichik qadamlar ham doimiy tahlildan ko‘ra samaraliroq.
  • Yutuqlar kundaligini yuritish — juda foydali. Hatto kichik yutuqlarni ham yozib boring.
  • O‘qish va rivojlanish — muvaffaqiyat kaliti. Kasbiy adabiyotlarni o‘qing. Kurslarga qatnashing. Yangi hobbilarga urinib ko‘ring. Turli ko‘nikmalarni rivojlantiring.
  • Moliyaviy savodxonlik pulga bo‘lgan qo‘rquvni yengishga yordam beradi. Investitsiya, moliya boshqaruvi, daromadni oshirish, tejash va jamg‘arish asoslarini o‘rganing.
  • Ruhiy qashshoqlikdan qutulish — sabr va matonat talab qiladigan uzoq jarayon. Ammo natija bunga arziydi: fikrlash erkinligi yangi imkoniyatlar eshigini ochadi va haqiqiy salohiyatga erishishga yordam beradi.

Eslatma: Sizning fikrlaringiz bu rivojlanishga yo‘l ochuvchi yoki uni to‘xtatuvchi eng asosiy manba hisoblanadi. Har kuni o‘z qarashlaringizni o‘zgartirish va yangi boshlash uchun imkoniyat tug‘iladi.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Alisher

    Hammasi ozi miyamizda, barcha muammolar miyadan kelib chiqadi

  2. Alisher

    Lekin boshqa tarafi ham bor, agar siz qashshoq oilada tugilgan bolsangiz, tepaga yol topish juda qiyin boladi

  3. Alisher

    Bitta ikkita misol boladi, lekin boy oilada tugilganlar yollari ancha osonroq boladi

  4. Alisher

    Albatta hammasini ozgartirish mumkin, oz qilayotgan ishingizga ishoning va harakat qiling

  5. Alisher

    A ozizga ishonishniyam unutmang

  6. Jamshid

    Ruhiymas, oylash qashshoqligi

  7. Karimov A.A.

    Shunday maqolalarni koproq chiqazib turing

  8. Qashshoq ota, boy ota kitobini oqing

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social