Sen doim nimanidir kutasan!

Sen doim nimanidir kutasan!

Yaqinda men bir qiziq narsaga e`tibor berib qoldim: butun hayotim “kutgin” so`ziga to`g`ri kelar ekan.

Sen doim nimanidir kutasan. Kofe sovushini kutasan. Yozni kutasan. Yangi yilni kutasan. Asteroid tushushini kutasan va dollar tushushini kutasan. Feysbukda xabarni kutasan yoki telefoninga ko`ng`iroqni kutasan.

Muhim emas nechi yoshdasan, o`ttiz, etmish yoki ellik!

Qirq yoshda sen xotining ishdan qaytishini kutasan, besh yoshda qachonki onang seni bog`chadan olib ketishini kutasan. Doim kutasan va kutasan: oylikni, fil`m tugashini, yaxshi ob-havoni, ozishni yoki oq sochlar bo`lganini. O`z qurquvlaring ustidan g`alabani kutasan va raqibingni yiqilishini kutasan.

Kutasan, kutasan, kutasan…..

Sovg`ani va oddiy yaxshi dalda so`zni kutasan. Yolg`onni va tramvayni kutasan. Pitstsa kelishini va ish kuni tugashini kutasan. Va yana kutasan, kutasan, kutasan. Hamma kutadi, hamma narsani va har doim.

Ammo eng yoqimli narsa, bu seni kimdir kutishini bilishdir. Nafaqat unga sendan bir nima kerak, balki shunchaki kutyapti, kerakliging uchun. Seni qaerda kutishlari muhim emas: ijtimoiy tarmoqdami, uydami yoki ishxonada… Seni kutgan insonlar oldiga shoshilib borgin! Ana shunda o`zing ham o`zoq kutmaysan!

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    тошкентда қор ёғишни кутяпман )))

  2. ruslan

    yangi yilda qor bulishini kutvomman qish qishga uxshashini kutvomman bayram bayramdey bulishini kutvomman 😉

  3. Gol

    Узбекистон жахон чемпионатига чикишини кутвомман, йигитларимиз жч да уйнашини кутвомман

  4. jahon

    qachon malikam keladi dib kutvomman

  5. quvvat

    malikani kutish kere mas, qidirib oldiga borish kere 😉

  6. abdujalol

    butun umriz kutish bilan utib ketarkande!!!!

  7. Rano

    Zor.

  8. ibrohim

    ko’z ochib yomguncha o’tdi hayot oylab yoz

  9. ibrohim

    asosiysi eng buyuk sevganinga yetishishni kutasan

  10. alina

    haa hayotimiz doim kutishdan iborat oylab qarasak,Men 2yildan beri o’qishga kirishni kutaman va bu maqsad yolida hech narsalarga ahamiyat bermayotganimni masalan yoshligim,quvnoqligim,begubor damlarim o’tib ketayotganini shu maqolani o’qish davomida tushunib yetibman xolos nega avval shu narsalar haqida oylab kormagan ekanman,axir umr insonga bir marta beriladi undan zavqlanib yashashimiz kerak ekan.Maqola egasiga katta raxmat…..

  11. B&B

    Alina, bilasizmi men 3 yil o’qishga kirolmaganman! Juda ko’p joylarga harakat qildim (o’zimizdagi, chetdagi o’qishlarga), lekin umuman kirolmadim. Lekin baribir harakatlarim zoya ketmadi. Men 4 yil oqishga kirdim, va chetda 100% lik grant bilan o’qidim. Dunyoni ko’ra oldim… Hozirda bitirganman! Hullas, orqaga bir qarasam, 3 yil oqishga kiraolmagimga juda hursand bo’laman. Chunki sabr bilan kutdim, taslim bo’lmadim, harakatdan toxtamadim, va oxirida menga eng yaxshi universitet Xudo tomonidan berildi.
    1. Sabr qiling va ishoning.
    2. Taslim bo’lmang
    3. Harakatni yana kuchaytiring
    4. Va albatta siz maqsadingizga erishasiz!!!!

  12. Asror Baxt

    Ha bu rost. Men esa 9 yil deganda universitetga kirdim to’gri yoshim 29 da bo’lsa ham talaba bo’lganimdan juda ham xursandman. Muhimi sabr va irodali bo’lish.

  13. Fazo.tv

    O’zingizning ajoyib va tengi yo’q tajribalaringiz bilab o’rtoqlashganingiz uchun minnatdormiz!!!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social