Set Godin: Nima uchun darhol podkastga ega bo‘lish kerak?

Set Godin: Nima uchun darhol podkastga ega bo‘lish kerak?

Marketing bo‘yicha yetakchi ustoz va «Startaplar maktabi» podkasti muallifi shaxsiy audiokanalga ega bo‘lishning beshta asosiy afzalliklarini sanab o‘tadi.

1. G‘aroyib odamlar bilan tanishasiz. Ko‘pchilik podkastlar intervyu asosida tayyorlanadi. Podkastni yuritish – qiziqarli odamlardan intervyu olish uchun a’lo darajadagi bahona.

2. U fikrlash tarzingizni oydinlashtirishga yordam beradi. Ehtimol, yozishga qaror qilmassiz, biroq ko‘pchilik odamlar o‘z fikrlarini bayon etishga uyalishmaydi. Biror narsani tushuntirish uchun yigirma daqiqa yoki undan ko‘proq vaqt o‘tkazish – uni tushunishning a’lo darajadagi usuli.

3. Ishonch orttirasiz. Madaniyatimiz fikrlaydigan va yaxshi so‘zlaydigan kishilarni rag‘batlantiradi.

4. Bu amal qilinsa sodda va foydali tus oladigan samarali odat.

5. U uzoq yillar davomida foydalanish mumkin bo‘lgan aktivni yaratadi.

(sabab emas) Badavlat kishiga aylanish uchun. Boylik orttirmaysiz. Biroq 1 dan 5 gacha bo‘lgan bandlar – manfaatli kelishuv. Chunki sizga ruxsat, litsenziya yoki budjet kerak emas. Bor-yo‘g‘i boshlasangiz bo‘ldi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social