Psixologlarning ta’kidlashicha, baxt munosabatlar asosiy qoidalar asosida quriladi ya’ni bir xil fikrlash, bir xil hayotiy o’rinlar, bir biriga maksimal darajada erishish istagi… Va bu narsalar ikki oddiy qoidaga asoslangan. Agarda bu qoidalar e’tiborga olinmasa, munosabatlar asta-sekin o’z ta’mini yo’qotishi va ikklasi uchun ham og’riqli bo’lishi mumkin.
Birinchi qoida
Munosabat oson bo’lishi kerak. Ya’ni, boshidan boshlab. Unga o’rganib olish uchun vaqt kerak emas, unga yoqish uchun kiyinishga katta e’tibor berishga hojat yo’q. Juftingiz bilan sizga qulay, yoqimli va oson bo’lsin.
“Oddiy munosabatlar”da haqiqiy his tuyg’ularni yashirish yoki qattiq hafagarchiliklar olib kelish shart emas. Oddiy munosabatlarda ikkila taraf ham tezroq narsalarni tushunishni, nima uchun bunday bo’layotganini va nima uchun kechirim so’rash kerakligini bilishni istaydi.
Ikkinchi qoida
Munosabatlar quvonch keltirishi kerak. Birgalikda quvonish, kulish, kinoga borish va hakoza.. Quvonch keltiradigan munosabatlardan hech kim uzoqlashmaydi. Bu shunday printsip! Agar chin dildan sevsangiz, siz uchun osonroq, qiziqarli va yaxshi bo’lishga harakat qilasiz. Oddiy munosabatlarda odamlar boshqalarning hisobidan baxtli bo’lmaydi.
Manga yoqdi.