Shuhrat, pul yoki samimiylik.Sen o`qishing kerak bo`lgan hikoya

Shuhrat, pul yoki samimiylik.Sen o`qishing kerak bo`lgan hikoya

Dunyo qiziq! Uni shuhrat va pul boshqaradi. Asosan buni insonlar vaqt o`tib qabul qiladi va bunga moslashadi. Ammo shunday insonlar borki, ularning harakatlari qarama qarshilikni ko`rsatadi. Ushbu insonlar bu dunyoni chirib ketishidan  va buzilishidan saqlaydi, hamda unga nomus va ishonchni qaytarib beradi.

2012-yilda Ispaniyada engil atletika bo`yicha musobaqa bo`lib o`tdi. G`oliblarga katta yutuq atalgan va yugirishda dunyoning kuchli sportchilari qatnashgan. Keniyalik Mutay ismli sportchi butun masofada peshkadamlik qildi, ammo finishga 10 metr qolganida, finish chizig`ini bosib o`tdim deb o`ylab to`xtaydi va muxlislarga minatdorchilik bildirishni boshlaydi. U hatto finishga yana 10 metr qolganligi haqida ispan tilida aytilgan so`zlarni ham tushunmadi. Ikkinchi bo`lib kelayotgan Ispaniyalik Ivan Fernandes Anayya keniyalikga etib oldi va osonlik bilan undan o`tib g`olib bo`lishi mumkin edi. Ammo Anayya keniyalikni orqasidan turtib va finish chizig`ini ko`rsatdi. Shunday qilib, ispaniyalik sportchi birinchi o`rinni egalash imkoniyatini qo`ldan boy berdi va keniyalik g`alaba qozondi.

Musobaqa tugagach Ivan Fernandesdan nahotki g`olib bo`lishni xohlamaganligi haqida so`rashdi. Bu savolga u shunday javob berdi: “yo`q men juda ham g`olib bo`lishni istardim, ammo men g`alabaga loyiq emas edim, oradagi masofa katta edi va agarda u xato qilmaganida men hech qachon raqibimga etib borolmasdim. Menga oltin medalni qo`lga kiritishdan ko`ra, o`zligimni va qadr-qimmatimni saqlash muhimroqdir. Bilasizmi bugungi kunda biz olamda, jamiyatda, futbolda va boshqa joylarda nimalar sodir bo`layotganini ko`ryapmiz. Insonlar noto`g`ri hayot tarzini namunali qilib ko`rsatmoqdalar. Men esa boshqacha yo`l tutganimdan va vijdonimni toza saqlaganimdan juda hursandman”.

Dunyo yolg`onlari haqida ko`p eshitamiz va ular odatiy hol bo`lib qolgan. Ammo inson shuhrat va pul o`rniga vijdonini tanlagani haqidagi xabar e`tiborga sazovordir. Yaxshi namunalardan o`rganaylik va ko`proq shunday yaxshi yangiliklar bo`lsin!

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Jasik

    Shuhrat bilan boylik odamga hursandchilik olib kelmaydimi ahir? Hamma pul va shuxrat ortidan yugurib yuradi va buning sababi bor.

  2. Admin fazo.tv

    Fikringiz to’g’ri, Jasik! Lekin hozirda ko’pchilikka qarasak, boylikka yetishgan insonda hursandchilik yo’qday, uning o’rniga stres, tinchiligi yo’qolgan va baxt yo’qday. Balki faqatgina boylik va shuxrat hursandchilik olib kelmas?

  3. Baxa

    Agarda pul va shuxrat to’g’ri yo’l bilan topilgan bo’lsa baxt olib kelishi ham mumkin.

  4. Jasurbek

    Baxa gapizga 100% koshilaman, ammo bugungi kunda kamdan kam kim bulani togri yol bilan topadi. Xattoki otasidan qolgan pul va shuxrat bolani buzishi mumkinku

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social