Bir kuni ferma xo’jayini qopqon qo’ydi. U bu haqida tovuq, qo’y va sigirga aytdi. Ammo ular shunday deb javob berishdi: “Qopqon – bu sening muammoing, bu bizga tegishli emas!”
Keyinchalik bu qopqonga ilon tushdi va xo’jayinning xotinini chaqib oldi. Uni davolash uchun, xotiniga tovuqdan sho’rva tayyorlashdi. Keyin kasalni ko’rgani kelgan insonlarni qornini to’yg’izish uchun qo’yni so’yishdi. Va nihoyat, dafn marosimida mehmonlarni ovqatlantirish uchun sigirni ham so’yishdi.
Xulosa: befarq bo’lma, yomon taqdir senikiga ham kelishi mumkin.