Sizda qanday qobiliyatlar bor?

Sizda qanday qobiliyatlar bor?

Bir ayol voyaga yetgan o’g’lining maroq bilan rasm solishini kuzatmoqda. U o’g’liga mehr bilan tikilar ekan: “Ko’z tegmasin, o’g’lim juda qobiliyatli”, deb qo’yadi. Har bir kishining o’ziga yarasha qobiliyatlari bo’ladi. Kimdadir bor qobiliyat, boshqa birovda bo’lmasligi ham mumkin. Kimdadir rasm solish qobiliyati, boshqa birovda o’qituvchilik qobiliyati, yana birovda notiqlik qobiliyati, ba’zilarda biznes qila olish qobiliyati, yoki boshqara olish qobiliyatlari mavjud.

Hatto hech qanday qobiliyatga ega emasman degan odamning ham bir narsada qobiliyati bo’ladi. Buni o’zi ko’ra olmaydi holos. Agar hech qanday qobiliyatga ega emasman deb o’ylasangiz, o’zingizni yaxshilab tekshirib chiqing. Umuman o’zligingizga qarang, albatta biror narsada qobiliyatingiz borligini ko’rasiz. Ammo qobiliyat ham o’z o’zidan rivojlanib qolmaydi. Qobiliyat ustida ishlashga to’g’ri keladi. Agar qobiliyatingizga e’tibor bermasangiz va uni ishlatmasangiz o’zligingizning bir chekkasida chang bosib, yo’qolib ketadi.

talentaaMisol tariqasida Leonardo da Vinchini olaylik. U ham yoshligidan tabiatga va ranglarning uyg’unligiga qiziqishi baland bo’lgan. Undagi bu qiziqishning qobiliyatga aylanishida amakisining o’rni katta bo’lgan. Dastlabki rasmlarini ko’rgan otasi uni o’sha zamonning mohir rassomi qo’liga shogirdlikka bergan. Demak undagi qobiliyat ham o’qish va izlanishlar natijasida rivojlangan. Undagi bu iste’dod o’sha zamonning mashhur kishilarini ham lol qoldirgan.

Shunday ekan, har kim o’z qobiliyatlariga ko’ra ish tutsa uning qilayotgan ishi o’ziga ham zavq beradi, boshqalarga ham foydasi tegadi. Xo’sh, siz o’z qobiliyatlaringizni bilasizmi? 

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Mahmud

    Salom manda 3D rasm chizish va boshqa rasmlarni chizish qobilyati bor

  2. asdffdsa jkl;;lkj

    Salom manda dasturlashga qobilyat bor. Hech qaysingda qobilyat yo’q

  3. Fazo.tv

    Salom asdffdsa jkl;;lkj! Barakalla! Nima dasturlaysiz?

  4. NASTARIN

    MEN O’ZIMNING QOBILYATIMNI ANIQLOLMAYAPMAN

  5. Aziza

    Albatta topasiz! Uzizga iwonin!

  6. Anonim

    Manda rus tiliga qobiliyatim bor ammo men rus maktabda oqimasam ham rus tilini mukkammal bilaman va menda 2chi qobiliyatim koreys tilini bilishim koreyscha soz oqisam ham miyamda qoladi sizlar ham Oz qobiliyatingizni topasiz degan umiddaman xayr salomat Boling
    Human bilan Nara

  7. GG

    Shuyam qobiliyat bo’ptimi rofl

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social