Hobbi – bu shunchaki vaqt sarflash emas. Bu odamga zavq keltiradigan, muntazam ishlarga turtki beradi va rahbatlantiradigan ish hisoblanadi. Lekin ko’pchilik insonlar, ularni rivojlantirmaydigan yoki rag’batlantiramaydigan, butunlay foydasiz hobbilar bilan shug’ullanadi. Shuningdek, ko’pchilikning sevimli mashg’ulotlari odatda zerikarli va oddiy ko’rinadi. Shunday qilib, bitta o’q bilan ikki quyonni uradigan sevimli mashg’ulotlar nima? Sizga foydali va qiziqarli hobbilarning 5 ta yo’nalishini taklif qilamiz!
1. Sport
Sport va jismoniy faoliyat nafaqat qiziqarli hobbilar, balki badanga yuz foiz foyda keltiradigan mashg’ulotdir. Siz sport orqali sog’ligingizni yaxshilashingiz, iroda va qat’iyatingizni oshirishingiz mumkin. Shuningdek, tanagiz ham o’sadi va o’z shaklini ushlab turadi. Sportni qimmatbaho zavq deb hisoblamang yoki professional uskunlar talab qiladi deb to’xtab qolmang. Agar sizda shunday uskunlarga to’lash imkoni bo’lmasa, siz oddiy sport turlarini yoki do’stlaringiz bilan jamoaviy o’yinlarni topishingiz mumkin. Aytgancha, stol o’yinlari bo’yicha chempionatlar sport deb hisoblanmaydi 😉
2. Musiqa
Olimlar cholg’u asboblarini chalish, inson miyasini faollashtirishini isbotlaganlar. Erta bolalik davrida aniq fanlar bo’yicha yaxshi natijalarga erishish va xotirani yaxshilash uchun yangi musiqiy asboblarni o’rganish tavsiya etiladi. Lekin bu, kattalarga yo’l yo’q degani emas. Katta bo’lgan davringizda musiqiy asboblarni chalishni o’rganish mahsuldorlik va samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Agar siz moliyaviy muammoga duch kelsangiz, musiqa asboblarni do’stlaringizdan ijaraga olishga harakat qiling. Musiqa bilan bog’liq qiziqarli qiziqishlar nafaqat o’yinda, balki gitarda ham bo’lishi mumkin. Siz musiqaga bog’liq narsalarni kolleksiya qilishingiz ham mumkin. Kontsertlarda qatnashing. Hatto, sevimli treklaringizdan iborat bo’lgan albomlarni ham yaratishingiz mumkin.
3. O’qish
Aytish kerakki, o’qish juda foydali va insonning ufqlarini kengaytiradi, so’z va xotirani yaxshilaydi. Bundan tashqari, siz turli xil va qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lasiz. O’qish orqali o’tkir aql va donolikka ega bo’lish mumkin. Kitoblar boshqa reallik va dunyoni sayohat qiladiganlar uchun qiziqarli hobbi sanaladi. O’qish uchun katta harajat va ma’lum bir vaqtni talab etmaydi. Kitob o’qish uchun kuniga kamida bir soat ajratish mumkin, masalan yotishdan oldin. Agar siz chop etilgan kitoblarga pul sarflashni istamasangiz, ularni gadjetlaringizga yuklab olishingiz mumkin. Bundan tashqari, siz kitobdagi kerakli, foydali va qiziqarli joylarini, shuningdek o’z fikrlaringizni jurnalingizga yozib qo’yishingiz mumkin. Aytgancha, bu faqatgina badiiy adabiyot emas, yana siz yoqtirgan kitoblarni tanlashingiz ham mumkin.
4. Sayohat
Sayohat? Ha, juda g’alati, ular haqiqiy qiziqarli hobbiga aylanishi mumkin. Bu yerda yozda faqat dengiz bo’yidagi sayohatni eslatib o’tmoqchi emasmiz. Bu, albatta, vaqt, harakat, tayyorgarlik, moliya va hatto ba’zi bir malakalarni talab qiladigan juda qiyin narsa. Bundan tashqari, o’zingizni rivojlantirish uchun ushbu sevimli mashg’ulot sizdan ko’plab mamlakatlarning tillari va madaniyatlarini bilishni talab qiladi. Sayohat marshrutni ishlab chiqish, sayohat va uchishlarni rejalashtirish, moliyaviy holatni rejalashtirish kabi narsalarni o’z ichiga oladi. Umuman olganda, bu ish juda qiyin, lekin bunga arziydi. Shunday qilib, siz yangi bilimlarga yaqinlasha olasiz, sayyoramizning o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishasiz va butun dunyo bo’ylab yangi do’stlar orttirishingiz mumkin.
5. Xorijiy tillarni o’rganish
Zamonaviy dunyoda chet tilini bilish juda ko’p narsani anglatadi. Til – yaxshi pul, yangi tanishlar va qayg’urishsiz sayohat qilish imkoniyatini beradi. Har kuni ozgina vaqt sarflasangiz, siz asta-sekin o’rganishga kirishasiz. Siz bir necha yillar mobaynida bitta emas, baki bir nechta xorijiy tillarni bilib olishingiz mumkin! Siz yangi tilni biror bir o’qituvchiga bormasdan ham o’rganishingiz mumkin ya’ni har kuni 30ta yangi so’z o’rganishga, kamida 10 betlik xorijiy adabiyotni tarjima bilan o’qishga va chet tilidagi filmni subtitr bilan tomosha qilishga harakat qiling. Smartfonga chet tilini o’rgatadigan mahsus dasturlarni o’rnating. Shu narsalarni bir yil mobaynida qilsangiz, bu albatta katta natija beradi.
Agar siz supermarketlardan o’yinchoqlarni to’plash yoki ko’plab seriallarni tomosha qilish kabi hobbilarni tanlagan bo’lsangiz, bularni chetga suring. Uning o’rniпa sizni butunlay yetuk insonga aylantiradigan juda qiziqarli va foydali hobbilarni tanlang!
Raxmat o’zim uchun qiziq ma’lumotlarga ega bo’ldim
I don’t understand you
Nega nimani tushunmayapsiz
Ōzbekmisiz nega ingliz tilida yozyapsiz by yerda hamma siz kabi ingliz tilini bilmaydi by esa tabiiyki bilmasak jimgina savolingizni korib otirib ham yuborardik
Bularni hammasini kundalik bajarib boraman lekin sayohatga chiqmayman
Aqlli qiz shetta ham borsz-a
Albatta man gamma yerda lekin ja aqili qizmasman
Qanisiz?