“Smartfon” tanaffuslari ish samaradorligini oshiradi ?!

“Smartfon” tanaffuslari ish samaradorligini oshiradi ?!

Amerikalik ruhshunoslar aniqlashdiki, ishchilar tanaffus paytida tekst habarlarni yozganda yoki onlayn o`yinlarga o`zlarini bag`ishlasalar, bu ularning ish samaradorligini oshiradi va o`z ishidan qoniqishiga olib kelar ekan.

Samarali ishlashni va ish kuningizdan qoniqishni xohlaysizmi? Shunday ekan kichik tanaffuslar qiling, do`stlaringizga sms habarlarini jo`nating, ijtimoiy tarmoqlardagi postingizda komment qoldiring yoki Angry Birds o`yinini o`ynab turing – aynan shularni AQShning Kanzas universiteti mutaxasislar maslaxat berishadi.

O`zining tadqiqoti uchun Kim va uning hamkasblari ilovani ishlab chiqarishdi, ushbu ilovani tadqiqot ishtirokchilari o`z mobil telefonlariga o`rnatdilar. Ushbu ilova har bir ishchi qancha vaqt ijtimoiy tarmoqlarga, onlayn-o`yinlarga vaqt ajratishini yoki smartfonni boshqa ishlar uchun ishlatishini kuzatgan. Har kuni ish tugaganidan so`ng tadqiqot ishtirokchilari o`zilarining kayfiyati haqida qisqacha aytib berishgan.

Mister Kimning aytishicha, ish grafigi 8 soat ish vaqtidan 72 ishchilarning har biri o`z smartfonlariga o`rtacha 22 daqiqa vaqt ajratishgan. “Smartfonli” kichik tanaffuslarni olgan ishchilar, ish vaqti tugash paytida o`zlarini juda yaxshi his qilgan ekanlar.

Lekin boshqa tarafdan qaraganda, shu kabi tanaffuslarga berilib ketmaslik lozim, chunki berilib ketish natijasida ish samaradorligining oshishi emas balki tushib ketishi mumkin. Har bir harakatning o`z me`yori bo`lsagina salbiy natijalarning kirib kelishi sezirarli darajada kamayadi.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. ilxom yusupov

    tugri gap, har bir narsada meyyor bulishi shart, shundagina inson uzini salbiy oqibatladan himoya qilgan buladi, man har doyim g’arb davlatlaridagi utkaziladigan tadqiqotlani qizziqish bilan uqiyman, nimagadir ularni qilgan tadqiqot natijalari va xulosalariga ishonamanu, lekin uzimiznikiga hecham ishongilarim kemaydi, sababi nimada? hayronman!

  2. наргиза

    Ильхомака хамма нарса мейёрида булиши хакида ман хам сиз билан розиман! Ман доимо шундай вазиятларда узимга савол беряпман: бу ман учун фойдали буладими? ёки зарари хам борми? смартфонларни карасак бир тарафдан фойдали ва у оркали куп нарса килолисиз. Бирок иккинчи тараф хам бор тобейлик!

  3. Форух

    “Хона” , “хабар” сўзлари…. деб ёзиш зарур

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social