Smartfonlar va planshetlar bola uchun qanchalik xavfli?

Smartfonlar va planshetlar bola uchun qanchalik xavfli?

Bugungi kunda elektron moslamalar inson dunyoga kelishidan unga hamroh bo`lib kelmoqda. Hozirgi axborot asrida ham yangi xavfli tahlikalar paydo bo`la boshladi.

Boston universitetidagi pediatrlar jamoasi bir tadqiqot o`tkazishdi: bir guruh bolalarga yoshligidan elektron moslamalar berishdi, boshqa bir guruh bolalarga esa – kechroq. Natijada ikkita guruhdagi bolalarda emotsional va ijtimoiy rivojlanishidagi farqlar ko`rindi.

Ushbu tajribadan kelib chiqqan holda, tadqiqotchilar smartfon va planshetlar bolaning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi – degan fikrga kelishdi. Buning sababi shundaki, elektron moslamalar bolaning o`zini boshqarishiga, rivojlanishga xalaqit qilib, natijada, bolani emotsional beqaror o`sishiga olib keladi.

Shunday misol keltirish mumkin: ko`p hollarda ota-onalar o`z farzandini tinchlantirish uchungina unga gadjet berishadi. Biroq bu holatda suv osti toshlar bekilgan, bunday holatda bolalar o`z his-tuyg`ularni boshqarishga intilmasdan, ular shunchaki qiziq narsaga e`tiborini qaratishadi. Natijada, o`ziga bola kerak bo`lgan rivojlanishni ololmaydi.

Smartfon va planshetlarning faol ishlatilishi bolani tashqi dunyodan o`zoqlashishiga olib keladi. Bunday bolalarda rahm, shavqat va mehr, oqibat sifatlari past bo`ladi.

Albatta, har doim ham elektron moslamalar zararli emas. Boshqa tadqiqot shuni ko`rsatdiki, maktab yoshiga etkan bolalar uchun elektron kitoblar foydalidir. Qog`ozli kitoblar singari, elektron kitoblar ham bolada so`z boyligini oshirishda va fantaziyasini kengaytirishda yordam berar ekan.

Olimlar smartfon va planshetlarni “halqaro yovuzlik” deb atashga shoshilmayaptilar. Ushbu masalada gap ota-onalar tomonidan nazorat haqida ketishi mumkin. Oddiy qilib aytganda, ota-onalar komp`yuter o`yinlarini va teleko`rsatuv tomoshalarini chegaralagandek, bolalarning elektron moslamalardan foydalanish vaqtlarini ham boshqarishlari kerak.

Manba: Naked-Science

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. shox

    hozigi bolla planshet va tel.dan qanday foydalaniwwi onasini qornodan tuwiwidan oldin biladi

  2. umid

    :)) XXI asr avlodi

  3. нодир

    хозир куп айнан боллар учун аталган планшетлар бор мана шуларни бериш кере болаларга, улар ривожланишга ва нимадир урганишга ёрдам берадилар, котталар ишлатадиган планшетлар болалар учун зарарли булиши мумкин!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social